Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyoda yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik

18.01.2021 • 08:43

Markaziy Osiyo davlatlarida FV holati va karantin choralari joriy etilganidan keyin feyk yangiliklar va yolg‘on xabarlar soni oshdi. COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat atrofida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda mish-mish va feyk xabarlar tarqatish bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida davlat tuzilmalari tomonidan qator ishlar olib borildi. Huquq-tartibot idoralarining xabarlariga ko‘ra, tegishli profilaktika tadbirlari o‘tkazilganidan keyin bu odamlar qilmishlaridan afsuslanib, kamera qarshisida xalqdan kechirim so‘ramoqda.

 O‘zbekistonda karantinga olinadigan va boshqa turdagi inson uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga mos kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatganlik uchun 44,6 million so‘mgacha jarima, 300 soatdan 360 soatgacha jamoat ishlari yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanishi mumkin. Agar soxta xabar bosma shaklda yoki OAV orqali tarqatilsa, O‘zR JKning 244-moddasiga muvofiq jazo og‘irlashadi – 44,6 milliondan 89,2 million so‘mgacha (4000 yevrodan 8000 yevrogacha) jarima, 300 soatdan 360 soatgacha jamoat ishlari, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash/ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.   

Qozog‘istonda QR JKning 274-moddasiga asosan jamoat tartibi buzilishi yoki fuqarolar yoki tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari yohud jamiyat yoki davlatning qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga sezilarli zarar yetishi xavfini tug‘diradigan oldindan ma’lum bo‘lgan yolg‘on axborotni tarqatganlik uchun 2 778 000 dan 13 890 000 tengegacha (6000 yevrodan 30600 yevrogacha) miqdorda jarima, shu miqdordagi axloq tuzatish ishlari, 1200 soatgacha jamoat ishlariga jalb etish yoki 7 yilgacha ozodlikni cheklash yohud shu muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Jazo tayinlashda jinoyat kim tomonidan va qay tarzda – bir kishi, bir gururh shaxslar, jinoiy guruh, oldindan til biriktirib yoki busiz amalga oshirilgani inobatga olinadi. Xususan, favqulodda vaziyat holatida bunday xatti-harakat uchun yuqori – 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi.   

Qirg‘izistonda yolg‘on axborot tarqatganlik uchun Qirg‘iz Respublikasi JKning «Jinoyat sodir etilgani haqida bila turib yolg‘on xabar berish» deb nomlangan 344-moddasiga muvofiq 2 yildan 2,5 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 180 ming somdan 220 ming somgacha (2200 yevrodan 2700 yevrigacha) jarima yoki 2,5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi berilishi nazarda tutilgan.

Ammo «Adilet» huquqiy klinikasi yuristlari tahlillarining ko‘rsatishicha, jinoyat qonunchiligida feyklarni tarqatganlik uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri biror bir jazo nazarda tutilmagan. Shaxsni mazkur modda bilan javobgarlikka tortish uchun bila turib tarqatilgan yolg‘on xabarda go‘yoki jinoyat sodir etgan aniq shaxs yoki shaxslar haqida axborot keltirilgan bo‘lishi; inson yolg‘on xabar berayotganini oldindan bilishi; xabar balki aynan biror bir boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan xatti-harakatni sodir etilgani haqida, ammo boshqa noqonuniy xatti-harakatlarni emas, bo‘lishi kerak.

 Tojikistonda 2020-yil 4-iyulda MHtKga tuzatishlar kuchga kirdi. Ma’qullangan tuzatishlarga muvofiq (3741-modda), pandemiya haqida OAV orqali yolg‘on xabar tarqatganlik uchun quyidagi jazolar nazarda tutilgan – jismoniy shaxslar uchun 580 somoniydan (50 yevrodan) boshlanuvchi jarima yoki 10 sutkadan 15 sutkagacha qamoq, yuridik shaxslar uchu esa 11 ming 600 somoniydan (985 yevrodan) boshlanadigan jarima.

Bundan tashqari, Tojikistonda feyklarga qarshi to‘g‘ridan to‘g‘ri kurashmaydigan, ammo xuddi Qiqg‘izistonda bo‘lgani kabi shu munosabat bilan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qonun ham mavjud. TR JKning «Bila turib yolg‘on xabar berish» deb nomlangan 346-moddasiga asosan, bunday xabar uchun 29 mingdan 58 ming somoniygacha jarima yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi qo‘llaniladi. Xuddi shu xatti-harakat og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatda ayblab, ayblov dalillarini sun’iy ravishda yaratgan holda, g‘arazli maqsadlarda yohud uyushgan guruh manfaatlaridan kelib chiqib sodit etilgan bo‘lsa, 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Agar bunday xatti-harakatlar sudyaga, prokurorga, tergovchiga yoki dastlabki tergov xodimiga qarshi sodir etilgan bo‘lsa, yohud og‘ir oqibatlarga olib kelgan bo‘lsa, 5 yilfan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi beriladi. 

 

Material Yevropa Ittifoqi ko‘magida BRYCA loyihasi doirasida tayyorlandi.

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.