Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

O‘zbekiston Markaziy banki Internet tarmog‘idagi firibgarlikdan ogohlantirdi

14.01.2021 • 08:12

Markaziy bank o‘zining Telegram kanalida Internet termog‘ida keng tarqala boshlagan firibgarlik haqida xabar berdi. Firibgarlar xorijiy valyutadagi ma’lum bir to‘lov evaziga xalqaro moliya bozoriga olib chiqish (FOREX platformasi), tahliliy materiallar bilan ta’minlash, maslahatlar berishni taklif qilishadi.

Pul o‘tkazilganidan keyin firibgarlar go‘yoki savdo platformasi bilan ishlashda zarur bo‘ladigan masofadan foydalanish dasturini o‘rnatishni so‘rashadi. Aldov qurbonlari o‘zlarining investitsiyalari o‘sib borayotganini ko‘rishadi, ammo ularni yechib olishga urinishganda “tahlilchi” turli bahonalar bilan mablag‘ni chiqarib bermaydi yoki umuman aloqaga chiqmay qo‘yadi.

Shundan keyin shaxsiy cabinet orqali mablag‘ni yechib olish uchun so‘rov yuborilganida brokerlik kompaniyasi tomonidan “kutilmoqda” degan belgi ko‘rsatiladi.

Markaziy bank firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun turli shabhali tashkilotlarning hisob raqamlariga mablag‘ o‘tkazishda ehtiyot bo‘lishni maslahat bermoqda.  

 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.