Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo tanlovi: 2021-yil 4-11-yanvar.

12.01.2021 • 11:38

Qadrli do‘stim!

Sizni Yangi yil bilan tabriklayman!

E’tiboringizga 2021-yilning ilk dayjestini havola etaman.

Boshladik!

Ta’lim

Facebookning tojik segmentida tez-tez farzandlari maktab rahbariyati yoki sinfdoshlarining adolatsiz munosabatidan jabr chekkan ota-onalarning qahrli postlari paydo bo‘lib turadi. Ota-onalar ham farzandlarini himoya qila turib, ba’zida chegaradan chiqib ketishadi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210111/rebenka-travit-uchitel-obyasnyaem-kak-pravilno-ego-zatshitit

asiaplustj.info portali jurnalistlari Tojikiston yoshlarini kompyuter savodxonligi va dasturlashga bepul o‘qitishning imkoniyatlari haqida ma’lumotlar to‘plashdi.  Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210108/razvitie-it-v-tadzhikistane-gde-mozhno-obuchitsya-programmirovaniyu

O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilar uchun onlayn o‘qish imkoniyatini qoldirishga qaror qildi. Ammo buning uchun ota-onalar uyda ta’lim olish uchun barcha sharoitlarni yaratishlari zarur bo‘ladi. Batafsil quyidagi havolada: https://nuz.uz/obschestvo/1184372-roditelyam-razreshili-ne-otpravlyat-detej-v-shkolu-no-na-opredelennyh-usloviyah.html

O‘zbekistonda maktablarni ta’lim sifatiga qarab ranglarga ajratish mo‘ljallanmoqda.  Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifing paytida shu haqda ma’lum qildi. Tafsilotlar quyidagi maqolada: https://nuz.uz/obschestvo/1184231-v-uzbekistane-shkoly-razdelyat-po-czvetam-v-zavisimosti-ot-kachestva-obrazovaniya.html

Qirg‘iziston ta’lim va fan vazirligi o‘qituvchilarga malaka toifalarini qaytarmoqda.  2021-yilda maktablar va o‘qituvchilarni yana qanday yangiliklar kutayotgani haqida quyida o‘qishingiz mumkin: https://24.kg/obschestvo/179545_ministerstvo_obrazovaniya_inauki_vozvraschaet_uchitelyam_kvalifikatsionnyie_kategorii/

Inson huquqlari

Ashxobod politsiyasi 40 yoshdan oshmagan xotin-qizlardan haydovchilik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun arizalar qabul qilishni boshladi. Dekabr oyi boshida ikki yillik tanaffusdan keyin xotin-qizlardan haydovchilik guvohnomasi muddatini uzaytirish uchun arizalar qabul qilish boshlanishi ma’lum qilingandi. Ammo keyinroq faqat 40 yoshdan oshgan xotin-qizlardangina arizalar qabul qilinayotgani ma’lum bo‘lgandi. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31034638.html

Rasman birorta ham koronavirus holati qayd ertilmagan Turkmaniston yangi 2021-yilni qat’iy cheklovlar bilan qarshi oldi va Azatliq radiosi muxbirlarining xabar berishlaricha, bayram kunlari o‘nlab insonlar karantin qoidalarini buzganlikda ayblanib hibsga olingan.

Muxbirning so‘zlariga ko‘ra, Yangi yilni qo‘shnilari bilan kutib olmoqchi bo‘lgan bir necha nafar Farap aholisi vakillari politsiya tomonidan ushlangan va ularga dushanbagacha uylariga qaytishga ruxsat berilmagan. Karantin qoidalarini buzganlikda ayblanib ushlanganlarning ishlari 4-yanvarda – tuman sudi ish boshlaganidan keyin ko‘rib chiqiladi hamda ular jarima to‘lash haqida qaror chiqarilganidan keyingina ozod etiladilar. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31032990.html

Mamlakat Oila kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar ko‘rib chiqish uchun Tojikiston Parlamentiga kiritildi.  Hukumat tomonidan taklif etilayotgan tuzatishlar, xususan, ota-onalik huquqidan mahrum etiladigan shaxslar ro‘yxatini kengaytirishni nazarda tutadi. Tuzatishlar natijasida Oila kodeksiga 9 ta modda, shuningdek ikkita yangi bob qo‘shiladi. Tafsilotlarni quyida o‘qing: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20210111/v-tadzhikistane-za-seksualnie-domogatelstva-v-otnoshenii-detei-namereni-lishat-roditelskih-prav

Madaniyat

Dushanbe rasman 2021-yilda MDHning madaniy poytaxti, shuningdek Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti talqiniga kora, sayyohlik shahri, deb elon qilindi, deb xabar berilmoqda MDH Ijroqomi sayti.  Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/life/culture/20210106/dushanbe-obyavlen-kulturnoi-stolitsei-sng-v-2021-godu

“Qozog‘iston kinoteatrlari egalari Assotsiatsiyasi “Kinoteatrlar alyansi” prezidenti Munira Yagudina Qozog‘istondagi kinoteatrlar 1-fevraldan 3-5 oyga yopilishi mumkinligini ma’lum qildi. Kinotaetrlar egalari assotsiatsiyasi rahbarining aytishicha, vaqtinchalik yopilishga bir necha salbiy omillar sabab bo‘lmoqda. Shulardan biri – Gollivudning asosiy studiyalari bahorgi prem’yeralarni kuz fasliga ko‘chirishga qaror qilgani tufayli filmlar yo‘qligi bilan bog‘liq. Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/alyans-kinoteatrov-kazahstana-bolshinstvo-uchastnikov-za-ih-zakrytie-s-1-fevralya-potomu-chto-soderzhat-dorozhe

Pandemiya

Butunjahon sogliqni saqlash tashkilotining Yevropadagi hududiy direktori Xans Klyuge Turkmaniston shu vaqtgacha koronavirusga testlarni BSTning xorijdagi laboratoriyalariga jonatish uchun aniq choralar kormaganini achinarli holat, deb atadi. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31038408.html

Ekologiya

Shahar boglarimunitsipal korxonasiOz daraxtingni ek nomli yashil aksiyani davom ettirmoqda. Bishkek shahri meriyasi matbuot xizmati shu haqda xabar qildi. Takidlanishicha, aksiya doirasida shaharning istagan fuqarosi yoki tashkilot poytaxtdagi yangi boglarga daraxt ekishi mumkin. Aksiya haqida batafsil quyidagi havoladan bilib olasiz: https://24.kg/obschestvo/179494_vbishkeke_prodoljaetsya_aktsiya_posadi_svoe_derevo/

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Yana bir bor YANGI YILINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

Hozircha xayr!

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosibg, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.