Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2020-yil 21-28 dekabr.

29.12.2020 • 16:32

Qadrli do‘stim!

Sizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklayman!  

Ushbu yilda barcha orzu-niyatlaringiz ro‘yobga chiqsin!  

Endi esa sizga mazkur hafta hududimizda qanday voqea-hodisalar sodir bolgani, Markaziy Osiyo mediasi nimalar haqida yozgani haqida sozlab beraman.  

Boshladik!

 

P.S. Bu yakunlanayotgan yildagi oxirgi dayjest...

 

Ta’lim

Prezident vazifasini bajarayotgan parlament spikeri Talant Mamitov mamlakatdagi oliy  o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan va 2019-2020 o‘quv yili yakuniga ko‘ra eng yaxshi deb topilgan 70 nafar talabaga president stipendiyalarini taqdim etdi.  Prezidentning matbuot xizmati shu haqda xabar bermoqda. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://24.kg/obschestvo/178048_vkyirgyizstane_70studentov_iz29vuzov_poluchili_prezidentskuyu_stipendiyu/

O‘qituvchilik faoliyatini olib borishni optimallashtirish uchun Rossiya har yili O‘zbekiston maktablariga 100 nafardan o‘qituvchi jo‘natadi. Rossiyalik o‘qituvchilarning birinchi guruhi respublikaga 2021-yilning yanvar oyida keladi. Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1182582-v-shkoly-uzbekistana-ezhegodno-budut-napravlyatsya-100-rossijskih-uchitelej.html

Turkmanistondagi ayrim oliy o‘quv yurtlarining talabalari bayramda uyga bora olishmaydi. Mamlakat maktablarida ta’til muddati uzaytirildi. Korxonalarda bayramlar, korporativlar, ertalabki tomoshalar bekor qilingan. Shaxsiy bazmlar, to‘ylar va ma’rakalar ham taqiqlangan. Mamlakat hukumati mehmonga bormaslikni tavsiya qilmoqda va niqob taqish tartibini qat’iy nazoratga olgan. Bu choralar o‘tkir yuqumli kasalliklarning oldini olish zarurati bilan izohlanmoqda. Mamlakatda hali ham koronavirus tilga olinmayapti. Tafsilotlarni quyida o‘qing: https://rus.azathabar.com/a/31018626.html

 

Inson huquqlari

Ozbekistonda tuxmat va boxton uchun jazoni yengillatishni nazarda tutuvchi qoshimchalar kiritildi. UlarOzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga, Ozbekiston Respublikasining mamuriy javobgarlik togrisida Kodeksiga ozgartirish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Qonunda oz aksini topgan. Batafsil quyidagi havolada: https://nuz.uz/sobytiya/1183196-v-uzbekistane-otmenili-ugolovnoe-nakazanie-za-klevetu-i-oskorbleniya.html

 

Texnologiyalar

Qozogistonlik talabalar endi yonlarida talabalik guvohnomasini olib yurishlari shart bolmaydi, chunki guvohnoma elektron hukumatning mobil ilovasida paydo boldi.  Kiritilgan yangilik haqida batafsil quyida o‘qishingiz mumkin: https://informburo.kz/novosti/studenceskii-elektronnyi-bilet-teper-dostupen-v-mobilnom-prilozenii-egovkz

Qozog‘iston ta’lim vaziri masofaviy texnologoyalar vositasida butun ta’lim jarayonini berib bo‘lmasligini tan oldi. Mamlakatning bosh maorifchisi nega bunday fikrga kelgani haqida quyida bilib olish mumkin: https://informburo.kz/novosti/glava-mon-peredavat-obrazovatelnyj-process-polnostyu-cherez-distancionnye-tehnologii-nevozmozhno

YUNESKOning Almatidagi Klaster byurosi tomonidan COVID-19 inqiroziga Tashkilotning javob choralari doirasida hamda hudud yoshlarining pandemiyaning salbiy oqibatlarini yengib o‘tish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini yaxshilash maqsadida Markaziy Osiyo yoshlar makoni (Central Asian Youth Space) yaratildi. Xavfsiz onlayn makon  taqdim etuvchi CAYSPACE loyihasi 2020-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan matbuot brifingi davomida taqdim etildi. Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201223/yunesko-zapustila-platformu-dlya-besplatnogo-onlain-obucheniya-molodezhi-cayspace

 

Jamiyat

Qirgizistondagi bolalar uylarining aksariyat bitiruvchilarida tibbiy xizmatlardan foydalanish va uy-joylik bolish inkoniyati mavjud emas. “Oeysis” jamoat xayriya jamg‘armasining tadqiqotida shu haqda so‘z boradi. Qirg‘izistonda barcha mulkchilik shakllaridagi 138 ta bollaar internat muassasalari mavjud bo‘lib, ularning 66 tasi xususiy. 2020-yil yakunlariga ko‘ra, internatlarda 10 mingdan ortiq bola yashagan. Har yili ularni 300-350 bola bitirib chiqadi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://24.kg/obschestvo/177679_ubolshinstva_vyipusknikov_detskih_domov_net_dostupa_kmeditsinskim_uslugam/

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi axborot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov va Birlashgan Millatlar Tashkilotining sanoat rivojlanishi bo‘yicha (YUNIDO) bosh direktori Li Yong 22-dekabr kuni dastlabki to‘rt yillik (2020-2024-yillar) davr uchun Qo‘shma deklaratsiyani imzolashgan.  Tafsilotlar quyidagi havolada: https://nuz.uz/ekonomika-i-finansy/1182690-uzbekistan-i-yunido-podpisali-sovmestnuyu-deklaracziyu.html

Yangi yildan boshlab Mari viloyatida agar bir oila a’zolari bitta huquq-tartibot idorasi xodimi bo‘lishsa, ularni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatish rejalashtirilmoqda.  

Azattiq radiosining Maridagi muxbiri kuch ishlatar tizimlardagi bir nechta manbalariga tayanib, bu haqda barcha huquq-tartibot idoralari xodimlariga xabarnomalar berilganini, natijada yuzlab odamlar ishdan bo‘shatilishi mumkinligini xabar qilmoqda.   Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31019380.html

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Ta’tilni yaxshi o‘tkazing!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.