Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

O'yinlar ishlab chiquvchilar uchun xakaton tog'larda bo'lib o'tadi

23.12.2020 • 18:16

2021 yil 8-10 yanvar kunlari Avenue Park mehmonxonasida bo'lib o'tadigan GameDev Gyote qishki xakatoniga ishtirokchilarni tanlash boshlandi. Bu haqda GameDev Gyote kanalida xabar berilgan.

Inkubatorning faol rezidentlari qatori o'yinlarni ishlab chiqishga qiziquvchilar ham ishtirokchi bo'lishlari mumkin. GameDev Gyote beshta ishtirokchini tanlaydi, ularga 1,5 million so'mlik vaucherlar (putyovkalar, yollanmalar) taqdim etadi.

Barcha xarajatlar, shu jumladan Avenue Park mehmonxonasiga borish va kelish, uch kunlik turar joy va ovqatlanish tashkilotchilar - O'zbekistondagi Gyote instituti tomonidan to'lanadi.

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.