Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2020-yil 14-21 dekabr.

22.12.2020 • 13:00

Salom, aziz do‘stim!

Ahvolingiz yaxshimi? Nimalar bilan bandsiz?

Shular haqida bizga yozib yuboring va postingizni albatta ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lishamiz. #qleverme xeshtegimiz ham yodingizdan chiqmasin.

Darvoqe, siz Instagramda @qlever.kz ga obuna bo‘lganmisiz? Biz sizni kutayapmiz :)

Endi esa sizga bu haftada hududimizda bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar, Markaziy Osiyo mediasi nimalar haqida yozgani to‘g‘risida so‘zlab beraman.  Boshladik!

 

Yoshlar

YUNISEF, “Yuksalish” umummilliy harakati va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston yoshlari: chaqiriqlar va istiqbollar” nomli ma’ruzada O‘zbekiston yoshlarining ta’lim va o‘qish, kasb o‘rganish va iqtisodiy imkoniyatlar, raqamli hayot va internet, oila va fuqarolik faolligi kabu yo‘nalishlardagi ahvoli tahlil qilingan.

Mavzu haqida batafsil quyida o‘qishingiz mumkin: https://nuz.uz/obschestvo/1182243-yunisef-izuchil-problemy-i-perspektivy-razvitiya-molodyozhi-uzbekistana.html

Jahon banki Tojikiston hukumatiga yoshlarni zo‘ravon ekstremizm safiga jalb etishning oldini olish maqsadida aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishga chaqirdi. Tarqatilgan xabarda qayd etilishicha, 2020-yilning boshida, koronavirus pandemiyasiga qadar JB yoshlarning radikallashuvining oldini olish haqida so‘z borgan ma’ruza e’lon qilgan edi.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/laworder/20201217/vsemirnii-bank-sovetuet-tadzhikskoi-vlasti-usilit-borbu-protiv-verbovki-molodezhi-ekstremistami

 

So‘z erkinligi

Yakunlanayotgan yilning 1-dekabr holatiga Qirg‘iziston OAVning 274 nafardan ortiq xodimi hibsda o‘tiribdi – bu 1990-yillar boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkich.  

Tafsilotlar quyida:

https://24.kg/obschestvo/176885_etot_god_stal_rekordnyim_pokolichestvu_arestov_jurnalistov/

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net  ommabop internet servisi internetga ulanish tezligining har oylik  SpeedtestGlobalIndex reytingini e’lon qildi, unda 2020-yil noyabr oyida mobil va qayd qilingan internetning tezligi borasidagi ma’lumotlar o‘z aksini topgan. 176 ta davlatni qamrab olgan noyabr oyi reytingida Tojikiston oktabr oyiga nisbatan bir pog‘ona yuqorilab, 96-o‘rindan joy olgan.

Markaziy Osiya davlatlari orasida internet tezligi eng yuqori davlat Qozog‘iston bo‘lib, u 65-o‘rindan joy olgan. Qirg‘iziston 76-o‘rinda.

O‘zbekiston 94-o‘rindan joy olib, Tojikistondan 2 pog‘ona yuqorida turibdi.

Turkmaniston reytingda oxirgi – 176-o‘rindan joy olgan.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201217/tadzhikistan-za-poslednii-mesyats-uluchshil-svoyu-pozitsiyu-po-skorosti-interneta

Texnologiyalar

“Navoiy” erkin iqtisodiy hududida “O‘zbekiston” nomli  ommabop smartfonlarni ishlab chiqarish boshlandi.  Xotirasi 64 Gb bo‘lgan yangi smartfonlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi topshirig‘iga ko‘ra yaratilgan bo‘lib, ichki bozorda sotishga mo‘ljallangan. Ushbu texnika “mo‘jizasi” 362 dollar turadi.

Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20201216/v-uzbekistane-stali-vipuskat-smartfoni-uzbekiston

Jamiyat

Turkmaniston hukumati xorijiy firmalarning chet ellik xodimlariga xususiy shaxslardan xonadon va uylarni ijaraga olganlik uchun bosim o‘tkazishni to‘xtatdi.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31007186.html

Turkmanistonda oziq-ovqat taqchilligi kuchayib borayotgan bir vaqtda Lebop viloyati hokimiyati mahalliy aholini kommunal xizmatlar uchun qarzdorligi bor oilalar oziq-ovqat payoklarini ololmasligi haqida ogohlantirmoqda. Og‘ir iqtisodiy inqiroz sababli aksariyat turkman oilalari kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga qiynalmoqda. Hududdagi davlat do‘konlarida esa ikki oydan beri payokda nazarda tutilgan un va yog‘ tarqatilmayapti.

Batafsil quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/31005165.html

Pandemiya

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri oliy o‘quv yurtlari talabalari va xodimlarini koronavirus infeksiyasidan himoya qilish to‘g‘risida qo‘shma qarorni imzolashdi. Unda profilaktika maqsadlarida oliy o‘quv yurtlari talabalari va xodimlari tomonidan gidroksixloroxin va rux ichib yurish, koronavirus aniqlanganida yoki unga shubha tug‘ilganida qo‘shimcha dorilar bilan davolanish va tavsiyalarga amal qilish zarurligi qayd etilgan.

Tafsilotlar bilan quyida tanishing: https://nuz.uz/obschestvo/1182191-vuzy-uzbekistana-zakupyat-lekarstva-ot-koronavirusa-dlya-studentov-i-sotrudnikov.html

 

Turkmaniston aholisi koronavirus bilan kasallanishda, test topshirishda va undan davolanishda davom etmoqda. Kimdir kasalxonaga tushmoqda, kimdir uyda COVID-19 ga qarshi samarasi tasdiqlanmagan dori vositalari va xalqona usullar bilan davolanayapti. Bemorlarga rasman COVID-19 tashxisi hali ham qo‘yilmoqda.  

Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/31007284.html

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Haftangiz omadli va barakali o‘tsin!

Hozircha xayr!

 

P.S. jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.