Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2020-yil 7-13 dekabr.

15.12.2020 • 13:49

Qadrli do‘stim!

Sizni va do‘stlaringizni Xalqaro inson huquqlari kuni bilan tabriklayman!

1948-yil 10-dekabrda BMT Bosh assambleyasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul qildi. Inson huquqlari bo‘yicha jahonning asosiy hujjatini tayyorlashga uch yil, keyin yana bir necha oy uning yakuniy matnini kelishishga ketdi. BMTning bir yarim mingdan ortiq yig‘ilishlari inson va fuqaroning fundamental huquq va erkinliklarining ro‘yxatini o‘z ichiga olgan hujjatni tayyorlashga bag‘ishlandi.

BMT bayram munosabati bilan bu yil nimalar yozganini quyida o‘qishingiz mumkin:

https://www.un.org/ru/observances/human-rights-day

Endi esa ushbu haftada hududimizda nimalar sodir bo‘lganiga, media nimalarni yoritganiga, inson huquqlari masalasida qanday mavzular ko‘tarilganiga to‘xtalib o‘tamiz.  Boshladik!

 

Ta’lim

Shu haftada BMTning Tojikistondagi Taraqqiyot dasturi (BMTTD) “Peshsaf” jamoat tashkiloti bilan hamkorlikda hamda Tojikiston Respublikasi aholi sog‘lig‘ini saqlash va ijtimoiy himoya qilish vazirligi ko‘magida mamlakat fuqarolari tomonidan COVID-19 pandemiyasi davrida ishlatilayotgan shaxsiy himoya vositalaridan xavfsiz foydalanish hamda ularni utilizatsiya qilish borasida 3 mingdan ortiq yoshlarning xabardorligini oshirish va shu jarayonga jalb qilish bo‘yicha tadbirlarni yakunladi.  Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201212/studentov-obuchili-metodam-utilizatsii-sredstv-individualnoi-zatshiti

O‘zbekistondagi maktablarning o‘quvchilari bu yil ta’tilga ertaroq chiqishadi. Boshlang‘ich (1 – 4-sinflar) sinf o‘quvchilari 25-dekabrdan, yuqori sinflar (5 – 11-sinf) o‘quvchilari 26-dekabrdan ta’tilni boshlashadi. Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1181578-shkolniki-vyjdut-na-zimnie-kanikuly-ranshe-obychnogo.html

Qirg‘izistonda Chingiz Aytmatov asarlari audiokitoblarining taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir buyuk yozuvchining tavallud kuniga bag‘ishlandi.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://24.kg/obschestvo/175909_vkyirgyizstane_prezentovali_sborniki_audioknig_chingiza_aytmatova/

 

Inson huquqlari

Ashxobodda politsiyaning yo‘l nazorati Xizmati 40 yoshdan kichik ayollarga ularning haydovchilik guvohnomalarining amal qilish muddatini uzaytirib berishni rad etmoqda. O‘tgan haftada poytaxt politsiyasi ayollardan guvohnomalarining muddatini uzaytirish uchun arizalar qabul qila boshlagani haqida xabar tarqalganidan keyin Ashxobod ayollari ana shunday muammo bilan to‘qnash kelishdi.

Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/30988514.html

Amerika Qo‘shma Shtatlari Tojikiston va Turkmanistonni “din va e’tiqod erkinligi tizimli, doimiy, qo‘pol ravishda buzilayotgani” tashvish uyg‘otadigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/30989647.html

HumanRightsWatch xalqaro huquqni himoya qilish tashkiloti Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlab “Inklyuzivni talab qilib: Qirg‘izistonda nogironligi bor bolalarning ta’lim olishi yo‘lidagi institutsionilizatsiya va to‘siqlar”  nomli ma’ruzani e’lon qildi.

Ma’ruza haqida batafsil ma’lumot quyida: https://24.kg/obschestvo/176246_detyam_vinternatah_dayut_psihotropnyie_veschestva_zayavlenie_pravozaschitnikov_HRW/

2020-yil oktyabr oyida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonda taksilarda qizlar va ayollarga tegajog‘lik qilish holatlarini o‘rganish hamda bu muammoni davlat darajasiga olib chiqishga bag‘ishlangan “Markaziy Osiyo taksisida xavfsizlik” nomli axborot kampaniyasi start oldi.  

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20201211/81-zhentshin-tsentralnoi-azii-stalkivalis-s-domogatelstvami-v-taksi-issledovanie

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Haftangiz samarali va omadli o‘tsin!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.