Bolalar va o‘smiqlar haftasiga kamida uch marta yuqori faollikdagi, shu jumladan sklet-mushak tizimini mustahkamlovchi jismoniy faol harakatlar bilan shug‘ullanishlari kerak. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangilangan tavsiyalari ana shunday.
Bolalar va o‘smirlardagi kamharakatlilik ularning sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan quyidagi oqubatlarni keltirib chiqarishi mumkin: o‘ta semirib ketish; kardiometabolik sog‘liqning, jismoniy sog‘liq va hissiy/ijtimoiy yo‘nalgan fe’l-atvorning yomonlashuvi; shuningdek, uyquning kamayib ketishi.
Kamharakat turmush tarzi sog‘liq uchun o‘ta og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. U yurak, qon-tomir kasalliklari, saraton va 2-turdagi diabetning kuchayish ehtimolini oshiradi. Harakatsiz turmush tarzidan voz kechib jismoniy faol bo‘lish sog‘liq uchun juda foydali. BSSTning hisobotida shu haqda so‘z boradi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qayd etishicha, jismoniy faollikning barcha turlari foydali va mehnat faoliyati, sport, dam olish yoki harakatlanish(yurish, yugurish, velosiped haydash)ning bir qismi sifatida, shuningdek raqs, o‘yinlar va tomorqada ishlash, uy yig‘ishtirish kabi kundalik uy yumushlari tarzida ham bajarilishi mumkin.