Salom!
Yashasin! Yil yakuniga ham bir oy qoldi! Yana ozgina vaqt o‘tib, xomadonlarimiz bayram kayfiyati bilan to‘ladi...
Bizda esa yangi hafta boshlandi, demak Markaziy Osiya mamlakatlarida ro‘y bergan yangiliklar bilan tanishishning ayni vaqti.
Jamiyat
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi «Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Endi mamlakatda yetim bolalarga shaxsiy ehtiyojlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi.
Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1179691-v-uzbekistane-detyam-sirotam-budut-vydelyatsya-dopolnitelnye-sredstva-na-lichnye-rashody.html
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mehnat muhojirlari va rossiyalik ish beruvchilarning uzjobs.ru elektron platformasini ishga tushirdi. Elchixonaning matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, portal RF hududida bo‘lib turgan mehnat muhojirlari hamda Rossiya kompaniya, firma va korxonalariga ishga joylashish istagida bo‘lganlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga ko‘mak berish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. Saytga rossiyalik ish beruvchilarning mehnat shart-sharoitlari va haq to‘lash masalalari aks etgan bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlari joylashtirib boriladi. Bu esa Rossiya hududida qolgan fuqarolarga o‘zlariga mos ish topishlarida qo‘l keladi.
Tafsilotlar bilan quyida tanishing:
Tojikistonlik o‘quvchilar “Chegaradan tashqarida” deb nomlangan to‘rt tilli Xalqaro tarixiy kvestda ishtirok etishdi.
Tafsilotlar quyida:
Inson huquqlari
25-noyabrda, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish Xalqaro kunida Tojikistondagi davlat tuzilmalari, BMT va Yevropa Ittifoqi (YeI) vakillari birgalikda “Gender zo‘ravonligiga qarsgi faol 16 kun” nomli kampaniyaga start berishdi. Ushbu kampaniya, shuningdek “Olovrang kun” nomi bilan ham ma’lum. Tadbirda muhokama qilingan muhim masalalar qatoridan oilalar va hamjamiyatlarda muloqot va o‘zgarishlarga qaratilgan harakatlar va ko‘makning muhimligi, shuningdek yoshlar, ijtimoiy tarmoqlar va fuqarolik jamiyatini gender zo‘ravonligining oldini olish hamda zararli stereotip va ijtimoiy qoidalarga qarshi kurashga safarbar qilish, shunindek erkaklarni jalb etish orqali ijobiy muqobil variantlarni ilgari surish kabilar o‘rin oldi. Tafsilotlar havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201125/v-tadzhikistane-startovala-kampaniya-protiv-gendernogo-nasiliya
Qirg‘izistonda ham xuddi shunday kampaniya start oldi. BMTTDdan ma’lum qilishlaricha, kampaniya ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlik masalasida jim turishga barham berish hamda kamsitishning har qanday shakllarining oldini olish uchun jamoaviy intilishlarni kuchaytirish maqsadlariga yo‘naltirilgan.
Tafsilotlar quyidagi havolada:
https://24.kg/obschestvo/174438_vkyirgyizstane_startovala_kampaniya_protiv_gendernogo_nasiliya/
Hayvonlar huquqlari
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi (QHTBT) portalida hayvonlarga nisbatan, ularning o‘limiga sabab bo‘lgan shafqatsiz munosabat uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi yangi qonun loyihasini e’lon qildi. Hozirgi vaqtda esa buning uchun faqat ma’muriy jarima nazarda tutilgan. Tafsilotlar bilan havolada tanishing: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201128/v-uzbekistane-dobilis-ugolovnoi-otvetstvennosti-za-zhestokost-k-zhivotnim
IT va tarmoqdagi xavfsizlik
Messenjerlarda ayol kishi (o‘qituvchi bo‘lishi mumkin) ota-onalarni AmongUs nomli ommabop o‘yinning xavfidan ogohlantirib, uni mojaroli “Ko‘k kit” o‘yini bilan tenglashtirgan video tarqaldi. Bu voqea haqiqatga qanchalik yaqinligi haqida havoladan bilib olasiz - https://factcheck.kz/socium/opasna-li-igra-among-us/.
Pandemiya
Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi mikroblarga qarshi dori vositalarini to‘g‘ri qo‘llash Butunjahon haftaligi doirasida “Dorilar xavfsizligi” mobil ilovasining taqdimotini o‘tkazdi.
Tafsilotlar quyida:
https://24.kg/obschestvo/174191_minzdrav_prezentoval_mobilnoe_prilojenie_lekarstvennaya_bezopasnost/
Turkmanistonda koronavirus pandemiyasi sababli joriy etilgan harakatlanish cheklovlari saqlanib turibdi. Bundan tashqari Lebob viloyatida aholining mamlakat poytaxti va boshqa hududlarga borishiga qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi. Mamlakat ichkarisida yurish uchun talab qilinadigan ma’lumotnomalar soni ham oshgan. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/30969898.html
Qozog‘istonda hozirgi kunda koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari aniqlangani munosabati bilan 66 ta maktab karantinga yopilgan. QR SSV sanitariya-epidemiologiya nazorati Qo‘mitasi raisi Ayjan Esmagambetova shu haqda ma’lum qildi.
Tafsilotlar quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/minzdrav-66-shkol-v-kazahstane-zakryty-na-karantin-iz-za-koronavirusa.html
Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!
Haftangiz yaxshi o‘tsin!
Hozircha xayr!
P.S. Jamoani qo‘llab-quvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!