
Sport dasturlashi bo‘yicha birinchi O‘zbekiston chempionati g‘oliblari 30 000 $ olishadi
25.11.2020 • 16:58O‘zbekistonda ilk bora o‘tkaziladigan, yutuq jamg‘armasini tashkil etadigan 30 000 $ olti nafat g‘olib o‘rtasida taqsimlanadigan sport dasturlashi bo‘yicha onlayn-chempionatga ishtirokchilarni ro‘yxatga olish boshlandi. Dasturlash bo‘yicha birinchi chempionatning tashkilotchilari IT Park va Dubai future Foundation hisoblanadi. Chempionat 8 noyabrda start oladi. Texnopark matbuot xizmati shu haqda xabar qildi.
Sport dasturlashi — aqliy sportning bir turi bo‘lib, unda yaratuvchilar dasturlashning C/C++, Kotlin, Java va Python kabi ommabop tillaridan foydalanib murakkab algoritmik masalalarni tezlikda hal etishlari kerak bo‘ladi.
Onlayn-chempionat ikki bosqichda o‘tkaziladi:
- 1-bosqich: Saralash — 28 - 29 noyabr. Finalga chiqish uchun maxsus vazifalarni yechish.
- 2- bosqich: Final — 5 - 6 dekabr.
Ishtirokchilar quyidagi yosh toifalariga ajratiladi:
- А Toifa — 30 yoshgacha (murakkab vazifalar);
- Б Toifa — maktab o‘quvchilari (osonlashtirilgan vazifalar).
Jyuri har bir toifada 6 nafar g‘olibni aniqlaydi va mukofot jamg‘armasi ular o‘rtasida taqsimlanadi.
Tanlovda qatnashish bepul, ammo quyidagilar talab etiladi:
- Mamlakat rezidenti bo‘lish;
- One Million Coders kurslaridan birini tugatgani haqida sertifikatga ega bo‘lish;
- 16 dan 30 yoshgacha bo‘lish;
- Ro‘yxatdan o‘tish.
- «IT Park Cupning saralash bosqichida ishtirok etadigan talabalar avtomatik ravishda O‘zbekistonda ICPCning chorak finalida ishtirok etishlari mumkin», ― deyishmoqda texnoparkda.