Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2020 yil 16-23 noyabr.

24.11.2020 • 12:47

Salom!

Ishlaringiz joyida, degan umiddaman. Chin dildan o‘qib, yangi marralarni zabt etishga tayyorlanayotganingizga ishonaman. Omadingizni bersin!    

Yangi hafta boshlandi, demak Markaziy Osiyo mamlakatlariga oid yangi xabarlar ham bor.  Keling, ular bilan tanishamiz!

 

Ta’lim

2020/21 o‘quv yili boshlanishi oldidan O‘zbekiston xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilarning Kundalik tizimiga ulangan ota-onalariga qog‘oz shakldagi kundalik sotib olmasdan uning elektron shakliga obuna bolish kerakligi haqida xabar berdi. Kundalik bilan ishlash uchun ajratilgan sinov davri tugagani munosabati bilan elektron kundalik va raqamli ta’lim platformasining boshqa funksiyalari bilan ishlashda davom etish uchun ulardan foydalanish haqini to‘lash kerak bo‘ladi. Batafsil ma’lumotlar quyida:     

https://nuz.uz/obschestvo/1178882-v-uzbekistane-vvedut-oplatu-za-e-dnevnik-kundalik-dlya-shkolnikov.html

 

Ingliz tilini bilish darajasini ko‘rsatuvchi dunyodagi yirik reytingning natijalari e’lon qilindi. Hisobot 100 ta mamlakat va hududdagi 2,2 million nafar katta yoshdagi erkaklarda o‘tkazilgan test natijalariga asoslangan. MO mamlakatlari reytingning oxiridan joy olgan. Reyting haqidagi batafsil ma’lumotni quyidagi havoladan olish mumkin:

https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201119/tadzhikistan-okazalsya-na-poslednem-meste-reitinga-vladeniya-angliiskim-yazikom

 

Turkmanistonda Internet tezligi cheklangan va undan foydalanish qiyinlashib bormoqda. Bu holat koronavirus pandemiyasi sababli xorijiy oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qishini onlayn tarzda davom ettirayotgan turkmanistonlik talabalarga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/30955257.html

 

Jamiyat

Turkmaniston ruhoniylari va oqsoqollari aholini nazorat qilish va tibbiy niqoblarning foydasi haqida targ‘ibot olib borish uchun jalb etiladi. Ushbu oyda mamlakat hukumati aholi tomonidan niqob taqilishi ustidan nazoratni kuchaytirdi, politsiya va amaldorlar bilan birga SES xodimlari va o‘qituvchilar ham nazorat ishlariga jalb qilingan. COVID-19 pandemiyasining yangi to‘lqini sharoitida BSST “COVID-19 dan holi Turkmaniston”ga nisbatan faoliyatini kuchaytirdi. Tafsilotlar quyidagi havolada:

https://rus.azathabar.com/a/30958190.html

 

Turkmanistonning Mari shahri hokimiyati Ashxoboddan yirik tekshirish kelishi arafasida politsiya o‘rniga maktablarning o‘qituvchilarini tartibni nazorat qilish uchun ko‘chaga chiqardi. Bundan tashqari, hukumat vakillarining kelishiga tayyorgarlik doirasida Mari viloyati markazida boshpanasiz it va mushuklarni yo‘q qilish hamda shahar istirohat bog‘laridan qushlarni haydash va xatto ularni zaharlash ishlari kuchaytirilgan.

Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/30953242.html

 

O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi davlat xizmatchilarining jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida doimiy ishtirok etishlarini monitoring qilishda davom etadi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://rus.ozodlik.org/a/30954424.html

 

Tojikiston va Qirg‘izistonning chegaradosh qishloqlarida “Tinch qishloqlarni rivojlantirish” loyihasi ishga tushiriladi. Ushbu tinchlikparvarlik tashabbusi Tojikiston va Qirg‘izistonda DVV International tomonidan Tojikistonning kattalar ta’limi assotsiatsiyasi va Qirg‘izistonning “O‘sh yoshlari” Jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda Tojikistonning Lakkon jamoatida, Isfara shahrining Chorku jamoatiga qarashli Somoniyon va Xo‘jai A’lo qishloqlarida hamda Qirg‘izistonning Botkent tumanidagi Qora-bak, Ko‘ktosh, Uch Dobo qishloqlarida amalga oshiriladi.

Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201120/v-prigranichnih-selah-tadzhikistana-i-kirgizstana-zapustyat-proekt-razvitie-mirnih-sel

 

Inson huquqlari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini Brayl alifbosida nashr etish ustida ish olib borilmoqda. Aksiya tashabbuskori – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining loyihalar koordinatori ofisi. YeXHT loyihalarining O‘zbekistondagi koordinatori Jon MakGregor imkoniyati cheklangan insonlarni jamiyatga integratsiyalash istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan onlayn-tadbirda shu haqda so‘zlab berdi. Seminar YeXHT ofisi tomonidan Ozbekiston Nogironlar Assotsiatsiyasi, DIIHB va imkoniyati cheklangan insonlarning huquqlari sohasidagi boshqa xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/obschestvo/1179289-konstitucziyu-uzbekistana-izdadut-v-formate-brajlya.html

 

AT va tarmoqdagi xavfsizlik

Qozogistonlik yosh oqituvchi Ayash Mirzabekov atrofiga jamoa topladi va Nazarbayev Universitet komagida butun MDHdagi oqituvchilar uchun moljallangan mualliflik oquv materiallarini, taqdimotlarni, ishchi varaqalarni sotish, sotib olish va bepul joylashtirish mumkin bolgan platforma yaratdi.    

Tafsilotlar bilan quyida tanishing: https://tengrinews.kz/kazakhstan_news/internet-magazin-dlya-uchiteley-razrabotali-v-kazahstane-420301/

 

Avast (Qirg‘iziston) kompaniyasi  Minecraft o‘yini orqali amalga oshirilgan firibgarlik sxemasini aniqladi, o‘yin yordamida ilova orqali har oyda yuzlab dollar qo‘lga kiritilgan. Tadqiqotda xabar qilinishicha, mazkur ilovalar geymerlarga Minecraft o‘yini uchun o‘yin atributikalarini obuna asosida bepul sinov davri bilan, u tugagach ma’lum to‘lov evaziga sotib olishni taklif qilgan. Avastning ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar bunday ilovalarni 5 million martadan ortiq yuklab olishgan.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://ru.sputnik.kg/world/20201117/1050454923/avast-minecraft-prilozheniya-moshennichestvo-podpiska.html

 

Butun dunyoda lokdaun e’lon qilinishi, insoniyat onlayn oldi-sotdi, virtual ish, pul va munosabatlar olamiga chuqur kirib borishi bilan internetda odamlarni aldash holatlari geometrik progressiyada orta boshladi.  O‘tgan yarim yil ichida firibgarlar shu qadar qo‘rqmay qo‘yishdi, mijozlar esa hushyorlikni yo‘qotishdiki, pulga chuv tushirishning minglab usullari paydo bo‘ldi. E’tiboringizga Tarmoqdagi “chuv tushirishlarning “eng saralari”ni taqdim etamiz: https://tengrinews.kz/article/obmani-menya-top-razvodov-seti-ne-popastsya-ulovku-1515/

 

Tojikistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan Istemol.Tj sayti ishga tushirildi.

Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201117/v-tadzhikistane-zapustili-sait-dlya-zatshiti-prav-potrebitelei-istemoltj

 

Biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat!

Haftangiz yaxshi o‘tsin!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Lauk bosing, Qlever o‘ynang!

 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.