Bananda COVID-19 virusi bo‘lishi mumkinligi haqidagi feyk xabarlar bois O‘zbekistonga banan olib kirish va uning iste’moli miqdori sezilarli darajada pasayib ketdi. 2020 yilning 9 oyida O‘zbekiston 23,1 ming tonna banan import qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga kamdir. Talabning kamayishi banan narxiga ham ta’sir ko‘rsatdi, u o‘rtacha 5,5 % ga pasaydi.
Shu bilan birga Xitoy banan eksport qilmaydi. O‘zbekistonga banan Ekvadordan keltiriladi. Bundan tashqari, koronavirus faqat tirik mavjudotlar – masalan, hayvonlar orqali yoki odamdan odamga yuqishi mumkin. Banandan kasallik yuqtirish esa mumkin emas.