Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami: 2020 yil 9 – 16-noyabr

17.11.2020 • 10:46

Salom!

Ha, vaqt juda tez o‘tmoqda. Ta’til ham tugadi, darslarga qaytish vaqti keldi.

Siz Bilimlar Dunyosini zabt etishga tayyorgarlik ko‘rguningizcha men Markaziy Osiyo mamlakatlariga oid eng muhim yangiliklardan xabardor qilaman.

 

Talim

Ozbekistonning respublika komissiyasi Ozbekiston oliy oquv yurtlarida ananaviy mashgulotlarni boshlash togrisida qaror qabul qildi. Oqish ushbu haftada boshlanadi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://nuz.uz/obschestvo/1178176-vuzy-uzbekistana-vozobnovyat-tradiczionnoe-obuchenie-s-16-noyabrya.html

 

O‘zbekistonning umumta’lim muassasalari tajriba tariqasida xususiy sektor vakillariga ishonchli boshqaruv asosida berila boshlaydi. Bu narsa Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonda qayd etilgan. Tafsilotlar quyida: https://www.asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20201111/shkoli-v-uzbekistane-nachnut-v-kachestve-eksperimenta-peredavat-v-chastnie-ruki

 

O‘sib kelayotgan yosh avlodning sog‘lig‘i to‘g‘risida qayg‘ura borib, BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi Qirg‘iz Respublikasining ta’lim va fan vazirligi hamda Rossiya tarmoq ovqatlanish Instituti (SIFI) bilan hamkorlikda o‘quvchilarning ovqatlanishi haqida yangi tamakash.edu.gov.kg portalini taqdim etdi. Saytdan bolaning ovqatlanishini maktabda va uyda qanday qilib yaxshilash mumkinligi borasida batafsil ma’lumot olish, shuningdek mahalliy maktablarning sog‘liq uchun foydali issiq ovqat tashkil etish borasidagi eng yaxshi tajribalari bilan tanishish mumkin. Sayt haqidagi batafsil ma’lumot quyida: 

https://24.kg/biznes_info/172427_vse_oshkolnom_pitanii_teper_mojno_uznat_nanovom_portale_tamakashedugovkg/

 

E’tiboringizga Tojikiston yoshlari uchun mo‘ljallangan ta’lim imkoniyatlari to‘plamini taqdim etamiz. To‘plam haqida batafsil: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201110/speshi-uspet-podborka-obrazovatelnih-vozmozhnostei-dlya-molodezhi-tadzhikistana

 

So‘z erkinligi

Yevropa Ittifoqi va Tojikiston 11-noyabrda videokonferensiya rejimida inson huquqlari bo‘yicha har yillik Dialogning 12-raundini o‘tkazishdi. O‘z navbatida YevroIttifoq Tojikistonni mustaqil jurnalistlarning xavfsizligini kafolatlashga va yangiliklar saytlarini bloklashni to‘xtatishga chaqirdi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://www.asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/politics/20201113/es-prizval-tadzhikistan-garantirovat-bezopasnost-nezavisimih-zhurnalistov-i-prekratit-blokirovku-novostnih-saitov

 

Inson huquqlari

Qirg‘izistonda inson huquqlari bo‘yicha an’anaviy oylik start oldi. Uni ombudsman apparati otkazmoqda. Maqsadinson huquqlarini ommalashtirish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirish. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://24.kg/obschestvo/172528_vkyirgyizstane_startoval_traditsionnyiy_mesyachnik_popravam_cheloveka/

 

Qozogistonda maktabdagi taqiblarga qarshiAynalayin SOSnomli ilk axborot-talim kampaniyasi start oldi. Loyiha mualliflari bulling va maktablarda bolalarning xavfsizligi mavzusida ijtimoiy plakatlar yaratishdi. Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-zapustili-kampaniyu-aynalayyn-sos-protiv-travli-v-shkolah.html

 

Ekologiya

Turkmanistonda president Gurbanguli Berdumuhamedov va minglab odamlar ishtirokida kuzgi daraxt ekish mavsumi boshlandi.  Bu safar turkmanistonliklar 25 million tup daraxt ko‘chatlari o‘tqazishni rejalashtirishmoqda.

Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/30939103.html

 

Kaspiy tyuleni yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvon turlaridan biri sifatida Qizil kitobga kiritildi. QR hukumatining qarorida shu haqda so‘z boradi. Tafsilotlar bilan quyidagi havolada tanishish mumkin: https://informburo.kz/novosti/kaspiyskogo-tyulenya-vnesli-v-krasnuyu-knigu-kazahstana-114040.html

 

Pandemiya

Turkmaniston poytaxtidagi maktablarda oquvchilar va oqituvchilar tomonidan niqoblar taqilishi ustidan nazorat kuchaytirildi. Nazorat umumtalim maktablari hududida xizmat olib borayotgan politsiya xodimlari zimmasiga yuklatilgan. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/30937997.html

 

Tarmoqdagi xavfsizlik

Qozogistonda ozlarini Unique Finance kompaniyasi vakillari deb tanishtirgan moliyaviy piramida tashkilotchilari qozogistonliklarga pul mablaglarini  Pepsi, Nike, Microsoft, Ford, BMW kompaniyalarining qimmatli qogozlariga tikishni taklif etishgan, deyiladi Oqtuba viloyati iqtisodiy surishtiruv departamentining xabarida.  Omonotchilarga har oyda omonat miqdorining 6 % miqdorida daromad hamda yangi omonatchini taklif qilsa, u kiritgan omonat summasining 5 %i va’da qilingan. Omonatning eng kam moqdori 1000 dollarni tashkil etgan. Tafsilotlarni quyidagi havolada o‘qish mumkin: https://informburo.kz/novosti/finansovaya-piramida-prodavala-kazahstancam-falshivye-akcii-kompaniy-pepsi-nike-microsoft-ford-i-bmw.html

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Haftangiz yaxshi o‘tsin!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.