Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

YHQ buzilishini mobil telefonga yozib olish mumkin bo‘ladi

13.11.2020 • 08:12

2021 yildan boshlab yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi istalgan turdagi videotasvir yozish qurilmasida, jumladan mobil telefonda yozib olingan tasvirlarni qabul qila boshlaydi. Videoga qo‘yiladigan talab esa o‘zgarmagan. Video olinganiga uch kundan oshmagan bo‘lishi, davomiyligi esa 120 soniyadan ortiq bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, unda qoidabuzarlik sodir etilgan sana va vaqt ko‘rsatilishi zarur. YHQ buzilishi aks etgan har bir yozuv uchun uni jo‘natgan shaxsga bazaviy hisoblash miqdorining 5% (11150 so‘m) ga teng pul mukofoti berilishi nazarda tutilgan.     

 

Hozircha esa faqat registratorlarda olingan tasvirlar qabul qilinmoqda. IIV hujjat loyihasini sentabr oyi oxirida muhokama uchun e’lon qilgan edi.

 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.