
Oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash sog‘lom turmush tarziga xizmat qiladi
11.11.2020 • 12:52O‘zbekistonda 2021 yil 1 iyuldan boshlab tarkibida tuz, qand va yog‘, shuningdek boshqa sog‘liq uchun zararli qo‘shimchalar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini majburiy tamg‘alash tartibi joriy etilmoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash ikki boshqichda amalga oshiriladi. 2025 yil 1 yanvargacha tamg‘alash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi, keyin esa – majburiy bo‘ladi. Bu talab respublika hududida realizatsiya qilish uchun olib kiriladigan oziq-ovqatlarga ham, mahalliy ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlariga ham taalluqli hisoblanadi.
Rangli tamg‘a iste’molchiga oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini ko‘rish imkonini beradi va sog‘liq uchun foydaliroq oziq-ovqatlarni tanlashida qo‘l keladi.