Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2020 yil 2 – 9-noyabr.

10.11.2020 • 10:34

Salom!

Ishonchim komilki, siz tatilda mazza qilib dam olayapsiz va Qlever oynayapsiz.

Siz o‘yin bilan band bo‘lib turgan vaqtingizda men Markaziy Osiyo mamlakatlariga oid eng so‘nggi yangiliklardan xabardor qilaman.

 

Ta’lim

Turkmanistonda maktablarning yuqori sinflarida o‘qiydigan qizlar va ayol o‘qituvchilar ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda. Viloyat ta’lim boshqarmalari va xotin-qizlar uyushmalari tomonidan tashkil etilayotgan yig‘ilishlarda ayollar va qizlarning hulq-atvori va tashqi ko‘rinishi masalalari muhokama etilmoqda. Bundan tashqari, yig‘ilish qatnashchilari maktabni bitirmay homilador bo‘lib qolgan qizlar o‘qishdan haydalishi haqida ogohlantirilmoqda.

Tafsilotlar bilan tanishish uchun havola: https://rus.azathabar.com/a/30930570.html

 

Rossiyaning Ashxoboddagi elchixonasi rus tilini o‘rgatish bo‘yicha onlayn kurslarni tashkil qildi. Elchixona saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, Oltoy davlat pedagogika universitetining rus tili bo‘yicha ochiq ta’lim Sibir markazi 20-noyabrdan 15-dekabrgacha chet el fuqarolarini rus tili bo‘yicha bepul onlayn-kurslarga taklif etadi.

Batafsil ma’lumot quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/30927546.html

 

Xorij universitetlariga o‘qishga kirib, koronavirus pandemiyasi sababli mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lmagan tojikistonlik yoshlar mamlakatda masofaviy ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlardan tashvish bildirishmoqda. Yoshlar internet tezligining pastligidan, baland narxlar va elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlardan shikoyat qilib, bularning barchasi masofaviy o‘qishda asosiy to‘siqlar bo‘layotganini aytishmoqda.

Batafsil quyida o‘qing: https://rus.ozodi.org/a/30935440.html

 

Tojikiston oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi post orqali mamlakatga kirishga ruxsat berildi. Chegarani kesib o‘tish shartlari va qanday holatlarda Tojikistonga kirishga ruxsat berilmasligi mumkinligi haqida quyidagi havola orqali batafsil tanishish mumkin: https://uznews.uz/ru/article/25913

 

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi maktablarda yangi majburiy fan – tabiiy fanlar (Science) kiritilishi rejalashtirilmoqda. Yangi fan atrof-olam, tabiatshunoslik, biologiya, geografiya, kimyo, fizika kabi fanlarni o‘z ichiga oladi. Dastlabki ikkita fan 1 – 2-sinflarda, qolganlari esa 6-sinfdan boshlab o‘qitiladi.

Tafsilotlar quyida: https://uznews.uz/ru/article/25996

 

Bishkeklik o‘quvchilar Yangi yildan keyin maktabga qaytishlari mumkin. Shahar kengashining reglament, axloq, huquq masalalari va huquq tartibot doimiy komissiyasi yig‘ilishida Qirg‘iziston poytaxti merining o‘rinbosari shu haqda ma’lum qildi.

Tafsilotlar bilan quyida tanishish mumkin:

https://24.kg/vlast/172249_ucheniki_vbishkeke_mogut_vernutsya_vshkolyi_posle_novogo_goda_noeto_netochno/

 

Almata va Nur-Sultonlik olti nafar o‘quvchidan iborat Qozog‘iston terma jamoasi Bolqon matematika olimpiadasida ishtirok etdi. Ularning har biri medalni qo‘lga kiritdi.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/kazahstanskie-shkolniki-zavoevali-shest-medaley-na-balkanskoy-matematicheskoy-olimpiade.html

 

Jamiyat

Bir kunda 10 ming qadam yurgan o‘zbekistonliklarga 3 ming so‘m (0,3$) to‘lanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan juma kuni imzolangan «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan.  

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20201102/v-uzbekistane-nachnut-platit-tem-kto-proidyot-10-000-shagov-peshkom

 

IT

1-dekabrdan qozog‘istonliklar politsiyaga mobil ilova orqali murojaat etishlari mumkin bo‘ladi. Qozog‘iston politsiyasi shikoyatlar uchun mobil ilova joriy etadi, bolalarni kuzatib turish uchun tizimni ishga tushiradi, istirohat bog‘larida esa tashvish chaqiruvi tugmachasi bo‘lgan qurilmalar o‘rnatiladi.

Tafsilotlar quyida: https://informburo.kz/novosti/kazahstancy-smogut-obratitsya-v-policiyu-cherez-mobilnoe-prilozhenie.html

 

Ekologiya 

Tojikistonlik ekolog va biznes-tuzilmalar vakillari plastikdan foydalanishni cheklash va bosqichma-boshqich undan voz kechish masalasini muhokama etishmoqda. Shu bilan birga, mutaxassislar va tadbirkorlar zamonaviy sharoitlarda chiqindilarni qayta ishlash serdaromad soha ekanini ham ta’kidlamoqdalar.

Tafsilotlar havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201106/tadzhikistan-otkazhetsya-ot-ispolzovaniya-plastikovih-paketov

 

Shu yil yoz fasli oxirlarida Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonlik jurnalist ayollar «Daraxt lobbisi. Yashil qahramonlar» nomli media loyiha ishlab chiqishgan edi. Endi podkastlar, video-intervyular, infografikalar, interaktiv mavzuli kvizlar tayyorlanmoqda. Jurnalistlar jamoatchilik e’tiborini yashil daraxtzorlar muammosiga qaratib, masala nafaqat alohida olingan shaharlar iqlimi uchun, balki kengroq ko‘lamdagi ekoligiya uchun ham ahamiyatli ekanidan xabardor etish niyatidalar. Tafsilotlarni quyidagi havolada o‘qishingiz mumkin: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201105/zelenie-geroi-kto-oni-i-chem-zanimayutsya-v-tsentralnoi-azii

 

Pandemiya

Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi sinovlarida 5000 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi.  Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqarma boshlig‘i Feruza Xodjayeva shu haqda ma’lum qildi. Uning aytishicha, Xitoy fanlar akademiyasining mikrobiologiya Instituti bilan vazirlik o‘rtasida vaksina sinovlarining uchinchi bosqichini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20201103/v-ispitaniyah-kitaiskoi-vaktsini-ot-koronavirusa-v-uzbekistane-primut-uchastie-5000-chelovek

 

Yil boshidan beri Tojikiston dunyoning 58 mamlakatidan insonparvarlik yordami oldi.  Donor-davlatlar Tojikistonga nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki hayotiy muhim tibbiy buyumlar bilan ham yordam ko‘rsatishmoqda. Pandemiya avjiga chiqqan paytda birinchilardan bo‘lib YuNISEFning Tojikistondagi vakolatxonasining texnik yordamida Yevropa Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan insonparvarlik yordami Tojikistonga keltirilgan edi.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201105/es-i-yunisef-obedinilis-v-borbe-s-koronovirusom-v-tadzhikistane

 

Qirg‘izistonda BMTTDning mobil brigadalari sil yoki OIVga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishmoqda. Tashkilotdan shu haqda xabar qilshdi. Ushbu chora pandemiya sharoitida qirg‘izistonliklarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tafsilotlar quyida:

https://24.kg/obschestvo/171609_mobilnyie_brigadyi_proon_predostavlyayut_meditsinskie_uslugi_patsientam_nadomu/

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Ta’tilni yaxshi o‘tkazing!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.