Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

«Toshkent yoshlarni yaxshi ko‘radi!» yoshlar festivali

05.11.2020 • 11:57

6-noyabrda boshlanib, oy yakuniga qadar davom etadigan «Toshkent yoshlarni yaxshi ko‘radi!» nomli festival dasturidan jonli konsertlsr, mahorat darslari, modalar ko‘rgazmalari, sport musobaqalari va boshqa tadbirlar joy olgan.   
Festival
dasturi quyidagi tortta yonalish boyicha tadbirlarni oz ichiga oladi: «Texnologiyalar», «Talim», «Sanat» va «Sport». Rejaga ko‘ra ularning har biriga bir haftadan vaqt ajratiladi.
Tadbirlarning  bir qismi onlayn tarzda o‘tkaziladi, bu esa karantin sharoitida kengroq auditoriyani qamrab olish imkoniyatini beradi. «Jonli» tadbirlar esa karantin talablariga rioya etgan: ishtirokchilarning albata niqobda bo‘lishlarini, oraliq masofa saqlanishini va qo‘llar antiseptik vositalar bilan yuvilishini ta’minlagan  holda o‘tkaziladi. 
Festivalning  
www.event.spacemos.uz sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda: t.me/toshkent_yoshlari_uz,  facebook.com/toshkent.yoshlari va instagram.com/toshkent.yoshlari akkauntlari ishlab turibdi. Saytda o‘zingizga yoqqan tadbirga ro‘yxatdan o‘tishingiz va dasturdagi ehtimoliy o‘zgarishlarni kuzatib borishingiz mumkin.

Festival tashkilotchisi Toshkent shahr hokimiyati, festival hamkori O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi.

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.