Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Toshkentdagi davlat xizmatlari markazlarida surdo tarjimonlar ish boshladi

04.11.2020 • 14:42

3-noyabrdan Toshkent shahrining 11 ta tumanidagi davlat xizmatlari markazlarida planshet orqali onlayn surdo tarjima yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligining matbuot xizmati.    
 

Endi nutqi va eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlar ham imo-ishoralar orqali tarjima vositasida istalgan davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning stolida ushbu xodim onlayn surdo tarjimon orqali xizmat ko‘rsatishi haqida yozuvlar mavjud.

Mazkur tizimning joriy etilishi Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi 3000 nafardan ortiq eshitish va nutqida nuqsoni bor insonlar uchun qulaylik yaratadi, deyiladi xabarda.   
 

Kelgusida ushbu tizimni mamlakatnung barcha hududlaridagi DXM va FHDYo bo‘limlarida joriy etish nazarda tutilgan.  

 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.