Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2020 yil 26 oktabr – 2 noyabr

03.11.2020 • 07:47

Salom!

Sog‘lig‘ingiz yaxshimi? Kuzning sovuq kunlariga tayyorgarlik ko‘rishga ulgurdingizmi?

Agar hali ulgurmagan bo‘lsangiz, ta’til buning uchun eng qulay vaqt. Televizor va kompyuterdan sal chalg‘ib, ko‘proq toza havoda sayr qilishni maslahat bergan bo‘lardim.

Omad yor bo‘lsin! O‘zingizni asrang!

Hozir esa, odatdagiday men Markaziy Osiyo mamlakatlariga oid eng qaynoq yangiliklarni siz bilan baham ko‘raman.   

 

Talim

Qozogistonda ikkinchi chorakdan boshlab 1,2 million nafar oruvchi ananaviy shaklda oqishni boshlaydi.  Mazkur ma’lumot Qozog‘iston Respublikasi ta’lim va fan vazirligining Telegram-kanalida e’lon qilindi. Tafsilotlarni quyidagi havoladan topasiz: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-12-mln-shkolnikov-budut-uchitsya-v-tradicionnom-formate-vo-vtoroy-chetverti.html

 Qirg‘izistonlik o‘quvchilar Makedoniyada o‘tgan matenatika olimpiadasida uchta medalni qo‘lga kiritishdi. Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati shu haqda xabar berdi. Vazirlikning xabariga ko‘ra, mazkur aql musobaqasida Qirg‘izistondan 35 nafar o‘quvhci ishtirok etgan. Olimpiadada hammasi bo‘lib 10 ta mamlakatdan 200 kishi qatnashgan. Tafsilotlar quyida:  https://24.kg/obschestvo/170899_kyirgyizskie_shkolniki_vyiigrali_tri_medali_namatematicheskoy_olimpiade_vmakedonii/

 

Jamiyat

Turkmaniston poytaxtida oziq-ovqat mahsulotlari taminoti murakkabligi jihatidan mamlakatning boshqa hududlari bilan bir xil holatga kelib qoldi.  Bu yerda ham non, yog, tuxum singari asosiy oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi sezilmoqda. Ashxaboddagi davlat do‘konlari oldidagi navbatlar kun sayin uzayib bormoqda. Bu haqda batafsil quyidagi havolada o‘qing: https://rus.azathabar.com/a/30922960.html

O‘zbekistonda muqaddas Qur’on kitobini yirtib, buning videosini ijtimoiy tarmoqqa joylagan “ateist”ga qarshi jinoiy ish ochildi. Tafsilotlar quyida: https://uznews.uz/ru/article/25793

Qirg‘izistondagi surishtiruv jurnalistikasi jamg‘armasi surishtiruvchi-jurnalistlar Global tarmog‘i – GIJNga qabul qilindi.  Batafsil quyida o‘qishingiz mumkin: https://24.kg/obschestvo/170858_fond_rassledovatelskoy_jurnalistiki_prinyat_vchlenyi_globalnoy_seti_jurnalistov/ 

 

IT

 Qozogiston ichki ishlar vazirligi malumotlariga kora, birgina ushbu yilda mamlakatda 8,3 mingdan ortiq internet firibgarlik holatlari royxatga olingan.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://www.zakon.kz/5045866-v-kazahstane-poyavilos-svyshe-vosmi.html

Yil boshida Tojikistonlik bir guruh yoshlar “Daily Opportunity” internet loyihasini ishga tushirishgan edi. Platforma o‘z obunachilariga turli stipendiyalar, tajriba oshirishlar va grantlarni taqdim etadi. Yangi platformaning yana qanday imkoniyatlari borligi haqida quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201031/stipendii-stazhirovki-granti-v-tadzhikistane-poyavilas-novaya-platforma-vozmozhnostei

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi dorixonalardagi dori vositalarining haqiqiy narxini tekshirish uchun @dorinarx_bot Telegram-botini ishga tushirdi.

Yangi bot qanday ishlashini quyidagi havoladan bilib olasiz: https://podrobno.uz/cat/tehnp/v-uzbekistane-zapustili-telegram-bot-dlya-proverki-realnoy-stoimosti-lekarstv-v-aptekakh-/

 

Ekologiya

 Olimlar million yillar avval Markaziy Osiyo ulkan choldan iborat bolganligini aniqlashdi. Vaholanki, shu paytgacha, hudud har doim yashillik bilan qoplangan, deb hisoblab kelinardi. Shunindek, ular Markaziy Osiyo yana cho‘lga aylanishi mumkinligini taxmin qilishdi. Tafsilotlar bilan quyida tanishing:

https://ru.sputnik.kg/asia/20201031/1050275330/central-asia-risk-pustynya-uchenye.html

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Haftangiz samarali va muvaffaqiyatli o‘tishini tilayman!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.