Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Saytni buzib kirish qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi?

28.10.2020 • 09:59

O‘zbekistonda yosh yigit elektron OAV Milliy assotsiatsiyasi saytini buzib kirda va u yerga EOAVMI sayti xavfsizlik tizimining himoyasi bo‘shligi haqida o‘z xabarini joylashtirdi.   Ma’lun bo‘lishicha, yigit o‘zini Assotsiatsiyaning IT-xavfsizlik xizmatiga ishga olishmagani uchun qasddan shunday qilgan ekan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolash belgilab qo‘yilgan. Mazkur jinoyat “Kompyuter sabotaji” deb baholanishi ham mumkin. Bunday turdagi jinoyat uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining 300 – 400 baravarigacha jarima yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi nazarda tutilgan. Tafsilotlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Axborot texnologiyalri sohasidagi jinoyatlar” deb nomlangan XX bobida bayon etilgan (https://lex.uz/ru/m/acts/111457).

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.