Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami: 2020 yil 19-26 oktabr.

27.10.2020 • 11:30

Qadrli do‘stim!

Yaqinda ta’tillar boshlanishidan xursand bo‘lsangiz kerak. Ozgina qoldi – ta’tilda mazza qilib tushgacha uxlaysiz, sayr qilasiz, dam olasiz.

Hozircha esa Markaziy Osiyoning muhim yangiliklari haqida so‘z yuritamiz.  

 

Ta’lim

Yaxshi baholarga o‘qigan o‘quvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirishi osonroq bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov shu haqda ma’lum qildi. Shermatovga ko‘ra, bu narsa Prezident Qarori va farmonida o‘z aksini topadi.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://nuz.uz/obschestvo/1175976-sherzod-shermatov-srednij-pokazatel-oczenok-vypusknikov-shkol-za-6-let-budet-uchityvatsya-na-vstupitelnyh-ekzamenah-v-vuz.html

 

O‘zbekiston ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi umumta’lim maktablarining reytingini tuzib chiqdi. Ixtisoslashgan maktablar o‘rtasida birinchi o‘rinni Namangan shahridagi 3-sonli ixtisoslashgan maktab, umumta’lim maktablari orasida esa Nukus shahridagi 48-sonli maktab egalladi.

Tafsilotlarni quyidagi havoladan o‘qishingiz mumkin: https://nuz.uz/obschestvo/1175926-nazvany-luchshie-i-hudshie-shkoly-uzbekistana.html 

 

Qozog‘iston milliy olimpiya qo‘mitasi va  kundelik.kz sayti maktab o‘quvchilari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzini ommalshtirishga mo‘ljallangan hamkorlikdagi loyihani ishga tushirdi.

Batafsil quyida: https://www.zakon.kz/5044868-nok-kazahstana-i-sayt-kundelik-kz.html

 

Jamiyat

So‘nggi yillarda Turkmaniston hukumati ayollarga avtomashina haydashni taqiqlab bormoqda. Turkmanistondagi gender tengligi haqidagi rasmiy boyonotda rasman ayollarga avtomashina haydash taqiqlangani inkor etiladi. Amalda esa vaziyat boshqacha.

Tafsilotlar quyida: https://rus.azathabar.com/a/30905018.html

 

O‘zbekistonda 2021 yil 1-apreldan boshlab davlat xizmatchilarining o‘zbek tilida ish yuritish darajasi belgilanadi,  mas’ul lavozimlarga tayinlangan shaxslarga esa davlat tilini bilish darajasini aks ettiruvchi sertifikatlar joriy etiladi. Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20201021/288905

 

Turkmaniston hukumati iqtisodiy pasayish va koronavirus pandemiyasi sababli sezilarli darajada kuchaygan moliyaviy muammolarni hal qilish uchun yana sinalgan usulga murojaat etmoqda – mahalliy oqsoqollar aholiga ta’sir o‘tkazish vositasi sifatida jalb qilinmoqda.

Tafsilotlar quyidagi havolada: https://rus.azathabar.com/a/30905532.html

 

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Peter Burian bilan telefon orqali muloqot qildi. TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, suhbat jarayonida Kazakbayev mamlakatdagi vaziyat barqarorlashganini, joriy siyosiy jarayonlar huquqiy maydonga qaytganini, davlat hokimiyatining qonuniyligi ta’minlanganini va ijro hokimiyati organlari o‘z faoliyatini odatiy tartibda davom ettirayotganini qayd etgan. QR TIV va EIning MA bo‘yicha vakili yana nimalar haqida suhbatlahsgani quyidagi havolada: https://rus.azattyk.org/a/30902350.html

 

Pandemiya

Markaziy Osiyo davlatlari va Yevroittifoq vakili COVID-19 pandemiyasi bilan bogliq vaziyat hamda uning asoratlarini bartaraf etish masalalarini muhokama qilishdi, shuningdek hududdagi xavfsizlikka tahdid muammolari yuzasidan fikr almashdilar.

Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/politics/20201021/strani-tsentralnoi-azii-i-es-obsudili-voprosi-predotvratsheniya-negativnih-posledstvii-koronavirusa

 

Madaniyat

Togqoploni izidan. Tojikistonda qor qoploni haqida hujjatli film ishlandi. Filmda ushbu yirtqich hayvon haqida to‘plangan afsonalar atrofida qor qoplonining bugungi hayoti bilan bog‘liq muammolar ochib beriladi.

Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201023/po-sleam-snezhnogo-barsa

 

Bishkekda “Karusel” deb nomlangan bolalar festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxtdagi Rossiya fan va madaniyat markazi xabar qildi. Unda aytilishicha, tadbirda Bishkeklik 30 nafar yosh ijrochilar ishtirok etishgan. Daniel Kasimov, Evelina Yarulina, Andrey Kosakov, Asema Sadikova, Ayday Balbayeva, Bayisbek Akilbekov, “Shattik” namunali xalq ansambli solistlari, “Saykir” guruhi va “Frunze” guruhi tomoshabinlarga o‘z qo‘shiq va raqslarini namoyish etishdi. Batafsil quyida: https://24.kg/obschestvo/170510_detskiy_muzyikalnyiy_festival_karusel_proshel_vbishkeke/

 

IT

Tojikiston yil boshidan beri mobil internet reytingida 6 pog‘onaga yuqorilab, o‘z o‘rnini yaxshilab oldi. Speedtest Global Index ning internet tezligi boyicha 2020 yil sentabr oyi uchun yangilangan reytingida Tojikiston 13.08 Mb/soniya tortib olish tezligi va 5.80 Mb/soniya yuklash bilan 138 ta mamlakat orasida 127 orinni band etgan. Afgoniston reytingda oxirgi orinni egallagan. Bu yerda tortib olish tezligi 7.26 Mb/soniyani va yuklab olish 3.77 Mb/soniyani tashkil etadi.

Tafsilotlar bilan quyida tanishing: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201021/tadzhikistan-uluchshil-pozitsiyu-v-reitinge-skorosti-interneta-polzovateli-uluchshenii-ne-zametili

 

Qozog‘istonda so‘nggi yillarda internet firibgarliklar soni ortib bormoqda, ularning aksariyati esa bunday ishlarni tergov qilish murakkabligi bois ochilmasdan qolayapti.

Tafsilotlar quyida: https://www.zakon.kz/5044575-internet-moshennichestvo-v-kazahstane.html

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Haftangiz yaxshi va unumli o‘tsin!

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.