
Davlat tadbirkorlik ko‘nikmalarini egallash istagidagi yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlaydi
22.10.2020 • 17:06O‘zbekistonda 15-noyzbrdan boshlab yoshlar va ayollarni tadbirkorlik kasblari va ko‘nikmalariga o‘rgatishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tartibi joriy etiladi. Davlar aholini o‘quv kurslarida kasb va tadbirkorlikka o‘rgatish xarajatlarining 70%ni qoplab beradi. Bu miqdor 1 million so‘mdan oshmasligi kerak. Bunday kurslar ro‘yxati tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligi hamda biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi tomonidan tasdiqlanadi. Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlab sertifikat olganlarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish uchun mikrokredit ajratiladi. Bunday mikrokreditlarni ma’lum shartlar asosida “Mikrokreditbank”dan olish mumkin bo‘ladi. Mikrokreditlar Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha uch yilgacha bo‘lgan muddatga, olti oygacha imtiyozli davri bilan beriladi.
2022 yil 1 yanvardan esa xalqaro standartlar, jumladan Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha dastur va tizimlari asosida xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda tadbirkorlikka o‘rgatishning Yagona tizimi ishga tushiriladi.