Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2020 yil 12-19 oktabr.

20.10.2020 • 11:32

Qadrli dostim!

 

Mazkur haftada sizga ozingiz haqingizda gapirib berishni taklif qilaman: nima bilan shugullanasiz, nimalarga qiziqasiz, nimalar sizni tashvishga soladi? Mana shu savollarga javob bering va javoblaringizni ijtimoiy tarmoqlarda post shaklida elon qiling. Postingizni tezda topishim uchun #qleverme xeshtegini qoyishni unutmang. Yanagi hafta eng yaxshi post mening dayjestimdan joy oladi. Omadingizni bersin!

 

Savollarimga qanday javob berishni o‘ylaguninguzcha men Markaziy Osiyo mamlakatlarida sodir bo‘lgan muhim yangiliklar haqida hakoya qilib beraman.    

 

Ta’lim

Yaqin orada Ozbekiston oliy oquv yurtlari ananaviy talim shakliga qaytishi mumkin Mamlakat hukumati nima uchun bunday qarorga kelayotgani haqida quyidagi havoladan bilib olishingiz mumkin: https://nuz.uz/obschestvo/1175304-vuzy-mogut-vernutsya-k-tradiczionnoj-forme-obucheniya.html

 

CodeGeneration dasturlash maktabi va Ta’lim Tashabbuslari Fondi 5-11 sinflar o‘quvchilari o‘rtasida sport dasturlashi bo‘yicha Olimpiada tashkil etadi. Olimpiadada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondagi istalgan ta’lim muassasasining 5-11 sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201014/tadzhikskie-shkolniki-mogut-prinyat-uchastie-v-central-asian-programming-olympiad-2020

 

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi O‘zbekistondagi 57 ta oily o‘quv yurti va ularning filiallari faoliyatini o‘rganib chiqib, oily o‘quv yurtlarining navbatdagi Milliy reytingini tuzdi. Birinchi beshlikdan O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xojaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti joy oldi. Tafsilotlar quyida: https://nuz.uz/sobytiya/1175336-sostavlen-naczionalnyj-rejting-vuzov-uzbekistana.html

 

Jamiyat

20 oktabrdan boshlab Qirgiziston va Qozogistonning balogatga yetmagan fuqarolari davlat chegarasidan faqat Qozogiston va Qirgiziston Respublikalarining xorijiy pasportlari bilan otkaziladi. Davlat chegarasidan o‘tishning yangi tartibi bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://ru.sputnik.kg/society/20201015/1050073929/kyrgyzstan-kazahstan-granica-dokument-peresechenie.html

 

Qozog‘istonda “Soyuz MS-17” raketasining parvozi amalga oshirildi. Asosiy ekipaj tarkibidan RosKosmos kosmonavtlari Sergey Rijikov, Sergey Kud-Sverchkov hamda NASA astronavti Ketlin Rubins joy olishdi. Tafsilotlar quyida:  https://www.zakon.kz/5043949-kak-zapustili-soyuz-ms-17-s-kosmodroma.html

 

Pandemiya

Joriy yil dunyodagi eng yirik ma’lumotlar bazasi hisoblangan Numbeo tomonidan e’lon qilingan sog‘liqni saqlash darajasi reytingida Qozog‘iston 93 ta mamlakat orasida 53-o‘rindan joy oldi.  Bu MDH davlatlari orasida sog‘liqni saqlash tizimi sifatining eng yuqori qo‘rsatkichidir. Belarus (59-o‘rin), Rossiya (63-o‘rin), Ukraina (78-o‘rin), Ozarbayjon (91-o‘rin) Qozog‘istondan ortda qolishgan. Tafsilotlar bilan quyida tanishing: https://www.zakon.kz/5044162-kazahstan-imeet-samyy-vysokiy-indeks.html

 

Xo‘jand oliy o‘quv yurtida sun’iy intellekt yordamida  COVID-19 ni dastlabki davridayoq aniqlashadi. Tadqiqotlar sun’iy intellektni yaratish bo‘yicha tajrupt.ai Markazi tomonidan olib boriladi. Tafsilotlar quyida: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201015/kak-tadzhikskii-student-iz-garvarda-pitaetsya-borotsya-s-pandemiei

 

Ekologiya

Yevropa Ittifoqi hamda Texnik Hamkorlik va rivojlanish boyicha Agentlikning yashil sayyohlik borasidagi tashabbusi Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Yangi innovatsion loyiha Qirgiziston, Ozbekiston va Tojikistonning tez rivojlanib borayotgan sayyohlik sohasiga toza energiya va ekoligik toza amaliyotlarni joriy etishni maqsad qilgan. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20201016/initsiativa-es-i-akted-v-sfere-zelenogo-turizma-sposobstvuet-ustoichivomu-protsvetaniyu-tsentralnoi-azii

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Haftangiz samarali va barakali o‘tsin!

Postingizni intiqlik bilan kutaman...

Hozircha xayr!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.