Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2020 yil 5-12 oktabr.

13.10.2020 • 18:17

Qadrli dostim!

Etibor qilgan bolsangiz, hozir voqea-hodisalar shu qadar tez ozgarnmoqdaki, xatto kiprik qoqishga ham ulgurmay qolayapti odam.

Otgan hafta Markaziy Osiyo davlatlari uchun ogir kechdi. Qirg‘izistonda parlament, Tojikistonda esa prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Fuqarolarning norozilik namoyishlaridan keyin Qirg‘iziston MSK saylov natijalarini haqiqiy emas, deb topdi.

Keling, yaxshisi siyosat haqida emas, boshqa yangiliklardan gaplashamiz:

 

Ta’lim

Pandemiya sabab Markaziy Osiyo ta’lim tizimiga yetkazilgan zarar kelajakda 44 milliard dollarlik yo‘qotishlarga sabab bo‘lishi mumkin, deyiladi Jahon bankining yangi ma’ruzasida.   Ushbu noxush taxminlar haqida quyidagi havoladan batafsil o‘qib olishingiz mumkin: https://informburo.kz/novosti/vsemirnyy-bank-v-stranah-centralnoy-azii-deti-mogut-nedopoluchit-znaniya-za-polnyy-uchebnyy-god-iz-za-pandemii-112253.html

6 oktabrdan Qirg‘izistondagi barcha o‘quvchilar masofaviy ta’lim tizimida o‘qishga o‘tkazildi. Masofaviy o‘qish qancha davom etishi haqida quyida ma’lumot berilgan: https://24.kg/obschestvo/167815_vseh_shkolnikov_stranyi_otpravili_nadistantsionku/ 

Tajriba loyihasi doirasida butun O‘zbekiston bo‘ylab 30 ta maktab Oracle Academy onlayn platformasiga ulanadi. Amerika kompaniyasi bilan bu borada kelishuvga erishilgan. Tafsilotlar: https://asiaplustj.info/ru/news/centralasia/20201009/shkoli-uzbekistana-podklyuchat-k-platforme-oracle-academy

 

Jamiyat

Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga qarindoshlarini ishga qabul qilish taqiqlandi.  Mamlakat rahbariyati nega bunday qaror qabul qilgani haqida batafsil quyida o‘qishingiz mumkin: https://www.zakon.kz/5042989-gossluzhashchim-v-kazahstane-zapretili.html

 

 

Tojikiston hukumati huzuridagi Ijro xizmati 2 ming nafardan ortiq fuqaroni mamlakatdan chiqish huquqidan mahrum qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bu shaxslarning kreditlar va alimentlardan qarzlari mavjud. Ular orasida 130 ta xususiy kompaniyalar rahbarlari ham bor. Tafsilotlar quyida: https://rus.ozodi.org/a/30881766.html

Rasman birorta ham koronavirusga chalinish holati qayd etilmagan Turkmaniston hududlaridan politsiya xodimlari niqob taqmay kochaga chiqqan odamlarni jarimaga tortayotgani, aksariyat hollarda tegishli kvitansiya ham yozmasdan jarimani darhol shu joyning ozida tolashga majbur qilishayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Bundan tashqari, turli sabablar bilan ushlangan fuqarolarni paxta terishga ham majburlashayotgani xabar qilinmoqda. Tafsilotlar bilan quyida tanishing: https://rus.azathabar.com/a/30885686.html

 

Inson huquqlari

O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlari himoyasi va gender tengligini ta’minlash kuchaytiriladi.  Quyidagi havola orqali xotin-qizlarning huquqlarini buzganlarga qangay jazolar berilishi haqida bilib olishingiz mumkin: https://uz.sputniknews.ru/society/20201006/15122795/V-Uzbekistane-usilyat-zaschitu-prav-zhenschin-i-obespechenie-gendernogo-ravenstva.html

 

 

Pandemiya

 

Qozog‘istonda epidemiya rivojlanishining uch xil senariysi taxmin qilinmoqda. Qozog‘istonga qat’iy karantin choralari qaytishi mumkinmi? Bu savolning javobini quyida topasiz: https://informburo.kz/novosti/coy-rasskazal-o-tryoh-vozmozhnyh-scenariyah-razvitiya-epidemii-covid-19-v-kazahstane-112283.html

 

 

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat!

Haftangiz samarali o‘tsin!

Xayr, sog‘ bo‘ling!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing, Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.