
O‘zbekistonda internetdan foydalanish imkoniyatini yaxshilashga qaror qilindi
08.10.2020 • 09:49O‘zbekistonda 2022 yil oxiriga qadar barcha aholi punktlarida ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 Mbit/sekunddan kam bo‘lmagan internetga ulanish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, 2022 yil 1-yanvargacha barcha ommabop sayyohlik manzillari yuqori tezlikdagi internet bilan jihozlanadi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” milliy strategiya Konsepsiyasida shu narsa nazarda tutilgan. https://regulation.gov.uz/uz/document/10574 Buning uchun keng polosali internetga ulanish portlari soni 2,5 million donaga yetkaziladi hamda 20 ming kilometr optik-tolali aloqa liniyalari tortiladi.