Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami: 2020 yil 28 sentabr – 5 oktabr

05.10.2020 • 12:49

Qadrli do‘stim!

O‘qituvchilaringizni, ustozlaringizni kasb bayrami bilan tabriklashni unutmang! 

Birinchi ustozlaringizni hurmat qiling, qadrini joyiga qo‘ying, e’zozlang! Ular doim sog‘-omon bo‘lishsin!

Endi esa odatdagiday ushbu haftada Markaziy Osiyo mamlakatlarida nimalar sodir bo‘lgani bilan tanishib olamiz.

 

Ta’lim

Qozog‘istonda pedagogik yo‘nalishda tahsil oladigan talabalarga oshirilgan stipendiya to‘lash boshlandi. Mazkur chora bo‘lg‘usi pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Tafsilotlar quyidagi havolada:

https://informburo.kz/novosti/glava-mon-studenty-pedagogi-nachali-poluchat-povyshennuyu-stipendiyu.html

 

O‘zbekistonda farzandlari onlayn tizimida saboq olayotgan ota-onalar masofaviy o‘qish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga – Internet tarmog‘iga ulanish, bolani kompyuter yoki mobil telefon bilan ta’minlashga majbur qilinmoqda. Bu talab sakkizta davlat organi tomonidan birgalikda qabul qilingan qarorda va uning ilovasida qayd etilgan. Ota-onalar zimmasiga qanday javobgarlik yuklangani bilan quyida tanishish mumkin:

 https://rus.ozodlik.org/a/30856424.html

 

Ob-havo yomonlashgani bois maktablardagi offlayn-mashg‘ulotlar bekor qilinganda qozog‘istonlik o‘quvchilar tahsilni masofaviy davom ettirishadi. Mamlakat deputatlari ana shunday taklif bilan chiqishdi. Quyidagi havoladan Qozog‘iston ta’lim tizimida yana qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi haqida o‘qishingiz mumkin:

https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-shkolniki-budut-uchitsya-distancionno-pri-otmene-zanyatiy-iz-za-plohoy-pogody.html

 

Jamiyat

Mazkur haftada Qirg‘izistonda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda 16 ta partiyadan nomzodlar deputatlik mandati uchun kurash olib borishdi. Saylovlar haqidagi batafsil ma’lumotni quyidagi havoladan topasiz: https://rus.azattyk.org/a/30874425.html

 

1 oktabrdan “amaldagi karantin va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilgan holda” havo, temir hamda avtomobil yo‘llaridagi kirib-chiqish punktlari orqali O‘zbekistonga kirishga ruxsat berildi. Karantin talablarining yumshatilishi va yangi talablari haqida quyida batafsil ma’lumot berilgan: https://rus.ozodi.org/a/30868599.html

 

Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi samarali, tezkor va muvofiqlashtirilgan kurash choralarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihani amalga oshirish uchun 2 million yevrodan ortiq mablag‘ ajtratdi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mamlakatdagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshiriladigan loyiha, birinchi navbatda, tibbiyot muassasalarida bemorlar bilan bevosita muloqot-muomalaga kirishadigan tibbiyot xodimlarini yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi. Yangi loyiha haqidagi batafsil ma’lumotlar quyidagi havolada: https://nuz.uz/obschestvo/1173615-zapret-na-ispolzovanie-golubogo-czveta-v-uzbekistane-okazalsya-fejkom.html

 

Madaniyat

Budapeshtda Qirgiz Respublikasi delegatsiyasi ishtirokida hiyobonga jahonga mashhur yozuvchi Chingiz Aytmatov nomini berishga bagishlangan tadbir bolib otadi.    Bishkek va Budapesht o‘rtasidagi madaniy aloqalar haqida quyida o‘qing: https://rus.azattyk.org/a/kyrgyzstan_aitmatov_budapest/30863664.html

 

Mahmudjon Vohidov nomidagi Tojik davlat yoshlar teatri AQShning Nyu-Jersi shahrida 2-bora o‘tkaziladigan Voices-2020 (Ovoz 2020) an’anaviy teatr festivalida ishtirok etadi. 15 oktabrdan 25 oktabrga qadar davom etadigan va onlayn rejimida translyatsiya qilinadigan mazkur festivalda Tojikiston teatri ilk marotaba qatnashadi.

Tafsilotlar: https://asiaplustj.info/ru/news/life/culture/20200930/teatr-im-vohidova-primet-uchastie-v-teatralnom-festivale-voices-2020

 

IT

Turkmaniston prezidenti mahalliy smartfonlarga nom hamda byudjet tashkilotlari xodimlariga ularni sotib olishga topshiriq berdi. Turkman telefonlari va mamlakatda texnologiyalarning rivojlanishi haqida quyidagi havolada tanishish mumkin: https://rus.azathabar.com/a/30874092.html

 

Dushmanona til

Bishkekda hududlararo nizo kerltirib chiqarishga uringan va hokimiyatni kuch ishlatish yo‘li bilan egallab olishga chaqirgan besh kishi hibsga olingan.  QR IIVning xabar berishicha, 30 sentabr kuni Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslar jamoat tartibini izdan chiqarishni va zo‘ravonlik bilan hokimiyatni egallashni muhokama qilayotgan video tarqalgan. Bishkek shahar IIBB Tergov xizmati tomonidan sud oldi surishtiruv harakatlari boshlangan. Materiallar QR JKning “Irqiy, etnik, milliy, diniy yoki hududlararo nizolarni keltirib chiqarish” deb nomlangan 313-moddasi asosida JXHYRda ro‘yxatga olingan. Tafsilotlar quyida: https://24.kg/proisshestvija/167013_razjiganie_mejregionalnoy_vrajdyi_zaderjanyi_lideryi_obschestvennogo_obyedineniya/

 

Soxta xabar

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram mesenjerida xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi (O‘zbekiston) tomonidan gomoseksualizmga qarshi kurash chora-tadbirlari doirasida moviy rangdan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabar soxta bo‘lib chiqdi. Tafsilotlar bilan quyida tanishing: https://nuz.uz/obschestvo/1173615-zapret-na-ispolzovanie-golubogo-czveta-v-uzbekistane-okazalsya-fejkom.html

 

Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat!

Haftangiz samarali va barakali bo‘lsin!

Ko‘rishguncha omon bo‘ling!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bosing va Qlever o‘ynang!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.