
O‘zbekistonda chiqindini belgalanmagan joyga tashlash holati aks etgan foto va video uchun mukofot puli olish mumkin bo‘ladi
30.09.2020 • 16:502021 yildan boshlab ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi qoidabuzarliklar aks etgan foto- yoki video tasvirlar mualliflariga qoidabuzardan undirilgan jarimaning 15% miqdorida mukofot puli beriladi. Buning uchun Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo‘mitasi atrof-muhit holati, shu jumladan maishiy va qurilish chiqindilarini tashlash borasida xalq nazoratini amalga oshirish, ushbu sohadagi qoidabuzarliklar haqida foto va video materillarni joylashtirish imkonini beruvchi axborot tizimini ishga tushiradi.
Qoidabuzarliklar haqida fotosurat va videoyozuvlar taqdim etgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar sir saqlanadi/ Qoidabuzarlarning shaxsini esa ichki ishlar organlari aniqlaydi.
Belgilanmagan joylarga maishiy va qurilish chiqindilarini tashlaganlik uchun jarimalar miqdori esa sezilarli darajada oshiriladi.
Manba: http://uza.uz/ru/documents/o-merakh-po-dalneyshemu-sovershenstvovaniyu-sistemy-upravlen-29-09-2020