Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2020 yil 21 – 28-sentabr

28.09.2020 • 16:49

Qadrli dostim!

Mazkur gafta siz uchun omadli bo‘ldi, degan umiddaman.

Yana mening dayjestimni o‘qiyotganingizdan juda xursandman!

Tez orada sizda qiziqarli o‘yinlarimizni o‘ynash imkoniyatini yaratib beramiz.  QLEVER platformasidagi yangiliklarni kuzatib boring!

Hozircha esa mazkur haftada Markaziy Osiyo davlatlarida nimalar sodir bo‘lgani bilan tanishib olishingiz mumkin.    

Ta’lim

Tojikiston respublikada tahsil olayotgan afg‘on talabalari uchun o‘z chegaralarini ochmoqda. Afg‘oniston elchixonasida bo‘lib o‘tgan “Jafokashlar haftaligi” nomli tantanali tadbir vaqtida Afg‘onistonning Dushnbedagi elchisi shu haqda ma’lum qildi.

Bu haqda batafsil quyidagi havolada o‘qish mumkin:

 https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20200924/tadzhikistan-otkril-granitsi-dlya-afganskih-studentov

Turkmaniston sharqida yuqori sinf o‘quvchilari majburiy tarzda paxta yig‘im-terimiga jalb etilmoqda. O‘quvchilarni kim va nima uchun o‘qishdan qoldirmoqda? Savolning javobi quyidagi havolada:https://rus.azathabar.com/a/30855986.html

Nyu-Yorkning Bruklin tumanida (AQSh) 19-sentabr kuni Ziyo Art o‘zbek maktabi ochildi. O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, maktab 16 Avenue О, Brooklyn NY 11204 manzilida joylashgan. Bu yerda o‘zbek tili va adabiyoti, etika, tasviriy san’at, shaxmat va matematika o‘qitiladi. Tafsilotlar quyidagi havolada: .

https://podrobno.uz/cat/obchestvo/v-nyu-yorke-otkrylas-uzbekskaya-shkola-/

O‘zbekiston Prezidenti “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunni imzoladi. Unda ta’lim turlari va o‘qitish shakllari batafsil bayon etilgan, davlat organlarining vakolatlariga aniqlik kiritilgan hamda o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalarning huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan. Batafsil: https://www.gazeta.uz/ru/2020/09/24/education/

Xalqaro rivojlanish bo‘yicha AQSh agentligi (USAID) Qirg‘izistonning mingdan ortiq davlat maktablari va kutubxonalariga 285 ming nusxa bolalar kitoblarini taqdim etdi. Hududiy kutubxonalarga qanday kitoblar berilganini quyidagi havoladan bilib olishingiz mumkin:

https://24.kg/obschestvo/166152_bolee_280_tyisyach_knig_dlya_shkol_ibibliotek_kyirgyizstana_peredalo_USAID_/

Sport va turizm

Tojikiston o‘smirlar terma jamoasi (U-16) futbolchilari 21-sentabr kuni birinchi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘zbekistonlik tengqurlari ustidan g‘alaba qozonishdi. Uchrashuv 1:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Yagona golni o‘yinning 38-daqiqasida Xusrav Toirov kiritdi.

Tafsilotlar quyidagi havolada:

https://asiaplustj.info/ru/news/sports/20200922/yunie-tadzhikskie-futbolisti-obigrali-svoih-uzbekskih-sverstnikov

Pacific Asia Tourism Association (Osiyo-Tinch okeani sayyohlik assotsiatsiyasi) shafeligi ostida o‘tkazilgan PATA Gold Awards onlayn-tanlovida Qozog‘iston haqidagi “Travelstan” roligi “Eng yaxshi trevel-video” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Batafsil: https://informburo.kz/novosti/rolik-o-kazahstane-priznali-luchshim-trevel-video-na-konkurse-pata-gold-awards-111717.html

Pandemiya  

Tojikistonning ayrim oliy o‘quv yurtlarida talabalardan ham o‘quv muassasasi hududida, ham undan tashqarida majburiy tarzda niqob taqib yurish va oraliq masofani saqlash bo‘yicha tilxat olinmoqda. Aks holda ularga jarima solinadi. Tafsilotlar quyida:

 https://rus.ozodi.org/a/30853177.html

IT

Internet tarmog‘ida turkman tilidagi matnni tekshirishga mo‘ljallangan yangi resurs paydo bo‘ldi. Batafsil quyidagi havoladan o‘qing:

https://turkmenportal.com/blog/30738/zapushchen-novyi-onlain-resurs-dlya-proverki-orfografii-turkmenskogo-yazyka

Qirg‘izistonda Telegramda yangi KyrgyzMigrant.bot chat-boti ishga tushirildi. Unda migrantlar tez-tez beriladigan savollarga tajribali huquqshunos va psixologlardan tezda batafsil javoblar olishlari mumkin. Chat qanday ishlashi haqida quyida bilib olish mumkin:  https://24.kg/obschestvo/165927_vkyirgyizstane_zapustili_novyiy_chat-bot_dlya_migrantov/

Nazarboyev universitetining Aqlli tizimlar va sun’iy intellekt instituti qozoq tilidagi nutqni avtomatik tarzda tanib oladigan texnologiyani yaratdi. Universitet matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, bu qozoq tilini global raqamli tarmoqqa faol joriy etish imkoniyatini beradi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://informburo.kz/novosti/tehnologiyu-raspoznavaniya-kazahskoy-rechi-razrabotali-uchyonye-nazarbaev-universiteta.html

Yangiliklarni oxirigacha o‘qib chiqqaningiz uchun raxmat!

Yanagi haftada ko‘rishguncha!

 

P.S. Jamoani qo‘llab-quvvatlang! Layk bos, Qlever o‘ynang

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.