Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Kuniga 10 ming qadam yur va chegirmaga ega bo‘l

25.09.2020 • 09:43

Ozbekiston Hukumati fuqarolarning sogligi togrisida qaygurgan holda, qaror loyihasini tayyorlagan bolib, unga kora, bir kunda kamida 10 ming, oyiga uch yuz ming, bir yilda 3,6 million qadam yurgan ozbekistonliklarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 % chegirma berilishi nazarda tutilgan.

Ayni paytda “Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror loyihasi meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portaliga joylashtirilgan.

Har kunlik yurish va yugurishni targ‘ib etuvchi portal “Yangi nafas” deb nomlanadi.

Qaror loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://regulation.gov.uz/uz/document/22513

Mobil aloqa operatorlaridan biri mana bir necha yildirki, kuniga kamida 5-6 ming qadam piyoda yuradigan abonentlariga internet uchun chegirma berib kelmoqda.

 

Manba: O‘zR meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish sayti.    

https://regulation.gov.uz/uz/document/22513

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.