Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyo yangiliklari to‘plami:  2020 yil 14-21 sentabr

21.09.2020 • 18:46

Duman Smakovdan dayjest: 2020 yil 14-21 sentabr

Hurmatli do‘stim!

Kuzning bugungi ajoyib kunida sizga salom yo‘llayman!

Onlayn o‘qish charchatib qo‘ymadimi? Ishonamanki, “Ha, charchadim!” deyishga tayyor turibsiz. Virtual hayot barchamizni charchatgani bor gap.

Men, Duman Smakov, factcheck.kz saytining bosh muharririman. BRYCA loyihasidagi bizning jamoamiz Markaziy Osiyo media makonini monitoring qilib boradi va meh ushbu jarayon rahbari sifatida sizga haftaning eng qaynoq yangiliklarini yetkazmoqchiman. Boshladik!

 

IT

Tojikistonning bir nechta mobil kompaniyalari vakillari Internetdagi uzilishlar o‘zlarining faoliyatlari bilan bog‘liq emasligini ma’lum qilishdi. 16 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarning ko‘plab foydalanuvchilari kechqurun Internet kamida bir soat ishlamaganini xabar qilsihgandi. Bu haqda quyidagi havoladan batafsil ma’lumot olish mumkin:  https://rus.ozodi.org/a/30843458.html

Turkmanistonda Internetni bloklash va VPN foydalanuvchilariga bosim o‘tkazish davom etmoqda. Muxbirlarning xabar berishlaricha, Internetga xavfsiz kirishdan foydalanish borasidagi muammolar bir yarim oylar oldin boshlangan, ammo bloklash va foydalanuvchilarga tazyiq o‘tkazilishiga qaramay, VPNga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Batafsil: https://rus.azathabar.com/a/30839988.html

Internetda osmirlar uchun moljallangan va aynan Qozogistonga moslashtirilgan yangi olim oyinlari paydo bolmoqda. Tafsilotlarni quyidagi havoladan o‘qing: https://tengrinews.kz/kazakhstan_news/poyavilas-novaya-smertelnaya-ugroza-dlya-kazahstanskih-detey-414625/

 

Siyosat

Tojikiston Respublikasi Prezidenti saylovlari jarayoniga mamlakatning barcha shahar va tumanlarida o‘n ming nafar ko‘ngillilar jalb etiladi. Ular orasidan tojik, rus va ingliz tillarini mukammal biladigan 250 nafari xorijlik kuzatuvchilarga yordam berishadi. Tafsilotlar: https://asiaplustj.info/ru/news/tajikistan/society/20200919/do-10-tis-volonterov-budut-uchastvovat-v-prezidentskih-viborah-tadzhikistana

 

Bi-bi-si Rus xizmatining xabar berishicha, 17 sentabr kuni Garvard unuversitetida 2020 yilgi Shnobel(Ig Nobel Prize) mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tgan. 30-bora o‘tkazilgan tadbirda ushbu hazil ilmiy mukofotning Nizomida yozilganidek, “sizni oldin kulishga, so‘ngra o‘ylashga majbur qiladigan” tadqiqotlar mualliflari taqdirlandi. Mukofot sohiblari orasida Turkmaniston Prezidenti ham bor. Gurbanguli Berdimuhammedov qaysi xizmatlari uchun mukofotlanganiga qiziqayotgan bo‘lsangiz quyidagi havolaga kirishni tavsiya qilamizhttps://www.bbc.com/russian/news-54199901

 

Ekologiya

O‘zbekiston ekoligiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimiyati Kurantlar yonidagi “Bolajon” bog‘ida hamda Bo‘rijar kanalining sharshara kaskadi qirg‘oqlarida tozalsh ishlarini amalga oshirishdi. O‘zbekiston Ekologik partiyasi va adiblar ularga qo‘shilishdi. Aksiya haqida batafsil: https://nuz.uz/obschestvo/1172358-v-tashkente-vpervye-otmetili-vsemirnyj-den-chistoty.html

 

Ta’lim

Qirg‘izistonda maktablar o‘rtasidagi “Eng yaxshi media burchak” tanlovi boshlandi. Ta’lim va fan vazirligi matbuot xizmati bu haqda xabar berdi. Unda aytilishicha, 2020 yilning 20 sentabridan 25 oktabriga qadar “OAVni qo‘llab-quvvatlash Markazi” Fondi butun Qirg‘iziston bo‘ylab maktab o‘qituvchilarining Facebook, Instagram yoki Youtube kanalidagi sahifalarini (media burchaklarini) ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://24.kg/obschestvo/165805_vkyirgyizstane_startoval_konkurs_sredi_shkol_naluchshuyu_stranitsu_vsotssetyah/

Qozog‘istonda dasturlashtirishga o‘rgatuvchi bepul platforma ishga tushirildi.  lrn.dev saytida ilovalar, o‘yinlar va saytlar yaratishga yordam beruvchi algoritmlarni yaratish bo‘yicha darslar joylashtirilgan. Batafsil: https://informburo.kz/novosti/v-kazahstane-zapustili-besplatnuyu-platformu-dlya-obucheniya-programmirovaniyu.html

Qirg‘izistonlik bir guruh ko‘ngillilar  Khan Academy saytidan STEM-yo‘nalishlar bo‘yicha dunyo ta’lim kurslari va videolarni qirg‘iz tiliga tarjima qilishmoqda. Tafsilotlar: https://24.kg/obschestvo/165550_obrazovatelnyie_kursyi_sayta_Khan_Academy_teper_dostupnyi_nakyirgyizskom_yazyike/

Qirg‘izistonda “Fandagi qizlar” loyihasi ishga tushirildi. Loyiha doirasida o‘smir qizlarga STEM sohasida(fan, texnologiyalar, muhandislik, matematika) ta’lim olishga  va yaxshi haq to‘lanadigan ishga da’vogar bo‘lishga yordam beriladi. Loyihaga ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, qishloq tumanlari, Bishkek va Osh shaharlaridagi yangi qurilgan uylarda hamda Chuy viloyatida yashovchi ichki migrantlar oilalaridan 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 30 ming nafar qizni qamrab olish rejalashtirilgan. Tafsilotlar quyidagi havolada: https://24.kg/obschestvo/165376_vkyirgyizstane_zapustili_proekt_ilimdegi_kyizdar_devochki_vnauke/

Rus tili sinflarining yopilishi, maktablardagi tekshirishlar, rus tilida muloqot qilishning ta’qiqlanishi. Turkmaniston maktablarida nimalar sodir bo‘lmoqda? Javobni quyidagi havoladan topasiz: https://rus.azathabar.com/a/30841400.html

 

Pandemiya

2020 yil 1 oktabrdan O‘zbekiston Respublikasiga havo, temir va avtomobil yo‘llaridagi kirib-chiqish punktlari orqali kirib kelish va mamlakatdan chiqib ketishga ruxsat berilmoqda. Ilgari joriy etilgan cheklovlar bekor qilinadi. Tafsilotlarni quyidagi havolada o‘qing: https://nuz.uz/obschestvo/1172180-s-1-oktyabrya-razreshaetsya-vezd-vyezd-v-uzbekistan-na-vseh-vidah-transporta.html

Yangiliklarni oxirigacha oqiganingiz uchun rahmat!

P.S. Jamoani qollab-quvvatla! Layk bos, Qlever o‘yna!

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.