
O‘zbekistonda o‘zgalarning qoidabuzarliklari orqasidan pul ishlab olish mumkin
17.09.2020 • 10:302019 yildan buyon videoregistratorga tushirilgan yo‘l harakati qoidasining buzilishi holati ushbu video va foto muallifiga eng kam ish haqining besh foizi miqdorida daromad keltirishi mumkin. Bugungi kunda bu taxminan bir AQSh dollariga teng.
Registratorga yozib olingan videoyozuvda quyidagilar aniq aks etgan bo‘lishi zarur:
- sodir etilgan qoidabuzarlik;
- transport vositasining markasi va davlat raqami;
- qoidabuzarlik sodir etilgan sana va vaqt.
Farg‘ona shahar ichki ishlar bo‘limi taksichilar uchun videoregistratorlar sotib oldi va ulardan foydalanish bo‘yicha treninglar o‘tkazdi. Oxirgi ikki oyda davlat g‘aznasi jarimalar hisobiga 300 ming dollarga to‘ldirilgan. Taksichilar esa o‘zgalarning qoidabuzarliklari va jarimalari hisobidan salkam to‘rt ming dollar ishlab olishdi. Nazoratning bunday shaklida korrupsiyaga yo‘l qo‘yolmaydi – taksichilarning o‘zlari to‘lov vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilib borishadi.
Qoidabuzarliklar aks etgan videolarni quyidagi manzilga yuborish kerak dyhxx.ejarima.uz
Manba: Farg‘ona shahar IIB matbuot xizmati