Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Samolyotda safar qilish haqidagi eng tarqalgan 5 ta afsona

05.09.2024 • 12:44

Aerofoblarning samolyotga chiqmaslik uchun ming bir sabablari bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, hatto aniq fobiyasi bo‘lmagan yo‘lovchilar ham bir qator ehtimoliy holatlardan qo‘rqishlari mumkin. Keling, samolyotlar haqidagi mashhur uydirma va afsonalarni ko‘rib chiqaylik.

1-afsona: samolyot eshigi parvoz paytida tasodifan ochilishi mumkin

Yolg‘on. Ushbu stereotipning paydo bo‘lishiga jangariy filmlar va trillerlar hissa qo‘shgan. Biroq, aslida hammasi ancha murakkab. Samolyot eshigini yerda ochish uchun avval uni salon ichiga biroz siljitish kerak va shundan keyingina petlyalarda tashqariga burish kerak. Biroq, havodagi kuchli bosim bu harakatlarni amalga oshirish imkonini bermaydi.

2-afsona: turbulentlik samolyotning qulashiga olib kelishi mumkin

Qisman rost. Ha, samolyotlar kuchli turbulentlik tufayli samolyot halokatiga uchragan holatlar bo‘lgan. Biroq, ko‘pincha chayqalish uchuvchilar uchun odatiy hodisa bo‘lib, zamonaviy jihozlar uni yengishga yordam beradi. Samolyotlar og‘ir yuklarga va havo oqimining turli yo‘nalishlariga bardosh bera oladi.

3-afsona: agar samolyotga chaqmoq ursa, u qulab tushadi.

Qisman rost. Uchuvchilar parvozlarni nazorat qilishlari va momaqaldiroq bulutlarni chetlab o‘tishlari mumkin. Biroq, bu har doim ham ish beravermaydi. Xo‘sh, agar chaqmoq ursa, nima bo‘ladi? Masalan, yonilg‘i bo‘limiga ursa, xavflar mavjud. Biroq, zarba qanotlarning chetiga tegsa, u yerda chaqmoqlarni qaytarish uskunasi bor. Bundan tashqari, zamonaviy samolyotlar ustki qismi baxtsiz hodisalarga bardosh beradi, ammo momaqaldiroq bulutlari yuzasidan tavsiyalar mavjud.

4-afsona: qora qutilar qora rangda bo‘ladi

Yolg‘on. Ushbu stereotip uning nomi bilan bog‘liq. Aslida, bu parvoz paytida sodir bo‘ladigan jarayonlarni yozib olish funktsiyasini bajaradigan qurilma bo‘lib, uni samolyot vayronalari orasidan topish osonroq bo‘lishi uchun ko‘pincha yorqin olov rangda bo‘ladi.

 5-afsona: kislorodli niqoblar eyforiyaga olib keladi

Yolg‘on. Samolyot salonidagi bosim tushib ketsa, kislorodli niqoblar kerak bo‘lishi mumkin. Bunday holda, havo, masalan, baland tog‘ning tepasida bo‘lgani kabi, kamaytiriladi. Ushbu qurilmalarning maqsadi favqulodda vaziyatlarda yo‘lovchilarning nafas olishiga yordam berishdir.

Samolyotlar haqidagi feyklar va afsonalar yo‘lovchilarda qo‘rquvni keltirib chiqarishi mumkin. Havo harakati xavfsizligi to‘g‘risida obyektiv ma’lumot olish uchun ilmiy tadqiqotlarga tayanish muhimdir.

 

Manba https://factchecknet.uz/2024/09/05/samolyotda-safar-qilish-haqidagi-eng-tarqalgan-5-ta-afsona/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.