Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Tovlamachilikning yangi turi avj olmoqda

22.08.2024 • 12:36

Telegram kanallaridan biri o‘z obunachilarini tovlamachilikning yangi turidan ogohlantirmoqda. “Firibgarlarning yangi hiylasi. O‘zbekistonda endi firibgarlar haqiqiy ma’lumot bilan SMS jo‘natmoqda, aldanmang va havolani bosmang”, deyiladi xabarda.

 

“…., sizda prokuratura byurosida to‘lanmagan 170,000 so‘m qarzdorlik mavjud. Ushbu qarzdorlikni to‘lashingiz shart. 1,700,000 so‘m jarima qo‘shilishi to‘g‘risida rasman ogohlantirilasiz…”

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekistonda mobil telefonlar orqali amalga oshiriladigan murakkab jinoyat turi kuchaymoqda. Bu yangi aldov turi firibgarlar tomonidan yuboriladigan SMS-xabarlarni o‘z ichiga oladi, xabarlar qonuniy tashkilotlardan kelgandek ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Firibgarlar, adashishga olib keladigan yoki zararli havolalarni o‘z ichiga olgan SMS-xabarlarni yuborish orqali odamlarni aldov yo‘li bilan shaxsiy ma’lumotlarini yoki mablag‘larini topshirishga majburlashga urinishadi. Bu xabarlar ko‘pincha soliq idoralari, banklar yoki boshqa ishonchli tashkilotlar nomidan yuboriladi. 

Firibgarlikdan himoyalanishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:

1. SMS orqali kelgan shubhali xabarlarga javob bermaslik.

2. Shaxsiy yoki moliyaviy ma’lumotlarni hech qachon SMS orqali almashmaslik.

3. Rasmiy manbalardan kelgan deb o‘ylangan xabarlarning to‘g‘riligini alohida tekshirib ko‘rish.

Shuningdek, firibgarlik xabarlari ko‘p hollarda imloviy va uslubiy xatolardan iborat matnlarni o‘z ichiga oladi. Yuqoridagi fototasvir bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Turli axborotni qabul qilib olganda e’tiborli bo‘ling va kibermakonda xavfsiz yashang!

 

Manba https://factchecknet.uz/2024/08/16/tovlamachilikning-yangi-turi-avj-olmoqda/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.