Endilikda Telegram tarmogʻida Fact Check dasturi ishga tushadi. Bu haqida Telegram asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.
“Android uchun Telegram beta-versiyasining manba kodida faktlarni tekshirish uchun mo‘ljallangan Fact Check funksiyasi qatorlari topildi”, — dedi u oʻzining shaxsiy telegram kanalida.
Bu funksiya ma’lumotlarni tekshirish bilan shug‘ullanadigan agentliklar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
“Fact Check” funksiyasi xabarlarga aniq ma’lumot qo‘shish imkonini beradi.
Shuningdek, Durovning soʻzlariga koʻra, har bir mamlakat hukumati “Telegram”dagi faktlarni tekshiradigan agentlikni oʻz ixtiyori bilan tayinlashi mumkin bo‘ladi. U bloklar tarkibini to‘liq nazorat qiladi, oddiy foydalanuvchilar esa bu qaydlarga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmaydi.
Telegram uchun moʻljallangan Fact Check funksiyasining ishi shaffof boʻladi va foydalanuvchilar ma’lumotni qaysi agentlik tekshirganligini koʻrish imkoniyati kiritiladi.
Eslatib oʻtamiz Factchecknet.uz Telegram platformasi Telegram-kanallar egalariga reklamadan olinadigan daromadidan 50 foizgacha pul toʻlashi haqidagi xabarni ham yoritgandi.
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.
Manba: https://factchecknet.uz/2024/07/12/telegram-o%ca%bbzining-fact-check-dasturini-ishga-tushiradi/