Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

So‘kish erkaklarning umrini uzaytirishi rostmi?

13.06.2024 • 07:29

Internetda behayo so‘zlarni ishlatadigan erkaklar so‘kmaydiganlarga qaraganda uzoq umr ko‘rishi haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

HUKM: YOLG‘ON

Rus olimi Pyotr Garyayev so‘kish odamga ta’sir qiladi, deb ta’kidladi. Olimning ta’kidlashicha, DNK — to‘lqin, tovush esa elektromagnit tebranishidir va ular bir-biriga ta’sir qiladi. Biroq, Garyayevning so‘zlarini tasdiqlovchi hech qanday dalil yo‘q edi.

“Frontiers in Psychology” jurnali Kile universiteti (Staffordshir grafligi) psixologlarining yangi tadqiqoti haqida xabar beradi. Unda 92 kishi ishtirok etib, ikki guruhga bo‘lingan.

Tajriba davomida ularning qo‘llari muzli suvga solingan. Birinchi guruhga o‘z his-tuyg‘ularini ifodalash uchun qo‘pol so‘zlarni ishlatishga ruxsat berildi. Ikkinchisidagilar neytral so‘zlarni ishlatishgan. So‘kingan guruh uzoqroq chidagan.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, so‘kinish so‘zlarini takrorlash jismoniy og‘riqni yengillashtirishga yordam beradi, yumshatilgan so‘kinishlar esa bunday ta’sir ko‘rsatmaydi. Ushbu hodisaning sabablari hali ham aniq emas, ammo olimlar bu erta bolalik davrida miyada shartli refleksning shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqdalar.

Yana bir tajriba “Afsonalarni fosh qiluvchilar” teleshousida o‘tkazildi. Tasvirga olish guruhi o‘simliklar uchun ikkita bir xil issiqxona qurdi.

Ovoz kuchaytirgichlar orqali bir issiqxonaga qo‘pol so‘zlar, ikkinchisiga esa yaxshi so‘zlar translatsiya qilindi. Natijada, teleshou o‘simliklarning hayoti va ularning o‘sishi o‘rtasida hech qanday farq yo‘qligini ko‘rsatdi.

So‘kinadigan erkaklar so‘kinmaydigan erkaklarga qaraganda ko‘proq umr ko‘rishlari haqida hali ishonchli dalillar yo‘q.

 

Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.

Manba: https://factchecknet.uz/2024/06/10/sokish-erkaklarning-umrini-uzaytirishi-rostmi/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.