Internet ma’lumotlarni tarqatish va qabul qilishning asosiy instrumentiga aylangani ortidan butun dunyoda faktcheking ko‘nikmalarini egallash zarurati tan olina boshladi. “Faktlarni qanday tekshirish kerak?” degan savol bugun tez-tez quloqqa chalinmoqda. Quyida “Google Trends” tomonidan noto‘g‘ri ma’lumotlar va faktlarni tekshirish bilan bog‘liq eng qizg‘in qidiruv tendensiyalari to‘plami keltiriladi.
2004-yildan boshlab “How to fact check…” shaklida boshlangan eng ko‘p izlangan qidiruv so‘zlari ketma-ketligi:
- Yangiliklarni qanday tekshirish kerak?
- Qanday qilib faktchek qilish kerak?
- Maqolani qanday tekshirish kerak?
- Fotoni qanday tekshirish kerak?
- Yolg‘on xabarlarni qanday tekshirib ko‘rish kerak?
Tarixan va 2017-yildan buyon “fake news” so‘rovi “misinformaton”dan ko‘ra ko‘proq qidiriladi, ammo so‘nggi 12 oy ichida “misinformation”ga qiziqish “fake news”nikidan oshib ketdi.
Sun’iy intellekt sohasidagi yutuqlar foydalanuvchilarni yangi savollarga duchor qilmoqda. “Deepfake” so‘zi bilan bog‘liq top qidiruvlar ketma-ketligi:
- Sun’iy intellekt;
- Chatbot;
- Dipfeyk video;
- Dipfeyk ovoz;
- Dipfeyk yaratuvchi.
Deepfake video yoki audio kontentni yaratish yoki manipulyatsiya qilish uchun sun’iy intellekt (AI)dan foydalanishni nazarda tutadi, bunda kimdir o‘zi qilmagan narsani aytgani yoki qilgani ko‘rinadi. Bu ko‘pincha mavjud rasm va videolarga boshqa birovning yuzini, tasvirini joylashtirish yoki ularning ovozini o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi.
Ma’lumotlar maxfiyligiga qiziqish har qachongidan ham ko‘paymoqda. “Maxfiylik” tushunchasi bilan bog‘liq top qidiruvlar:
- Data maxfiyligi;
- Ma’lumotlar maxfiyligi;
- Shaxsiy daxlsizlik huquqi;
- Shaxsiy maxfiylik;
- Moliyaviy maxfiylik.
Izoh: Asl materialga o‘tib, ma’lumotlarni kengaytirilgan shaklda, infografikalar ko‘rinishida o‘rganish mumkin. Ushbu qidiruv natijalari faqat “Google” tizimi uchun dolzarb.
Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.
Manba: https://factchecknet.uz/2024/04/29/faktlar-tekshiruvi-trendda/