Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Qanday qilib SI yordamida “Met Gala”ga borib kelish mumkin?

09.05.2024 • 06:39

Xonandalar Ketti Perri va Rianna endi bu savolga javobni bilishadi.

Ketti Perrining “Met Gala”dagi suratlari millionlab marta ko‘rildi, izohlarda uning g‘ayrioddiy libosi haqida fikr bildirishgan. Biroq, yulduzning aslida tadbirda bo‘lmagan.

HUKM: FEYK

Har yili “Met Gala” katta yulduzlar doirasini bir joyga jamlaydi va bu ular uchun o‘zlarining eksklyuziv liboslarini namoyish etishning yaxshi imkoniyatidir. Ketti Perri chetlari mo‘ynali hashamatli ko‘ylak kiyib, Zena obrazini eslatuvchi ko‘rinishga bo‘ldi.

 

Hatto yulduzning onasi ham bu surat haqiqiyligiga ishongan. Yozishmalarning skrinshotini Ketti Perri o‘z akkauntida joylashtirdi.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, tasvir sun’iy intellekt yordamida yaratilgan.

Instagram’da xonandaning o‘zi ishlayotgani sababli tadbirga kela olmaganini tasdiqladi.

Riannaning sun’iy intellekt yordamida yaratilgan “Met Gala”dagi surati ham internetda tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlarda u ham millionlab marta ko‘rildi. Suratda xonanda qizil gilam ustida fauna, qushlar tasvirlari tushirilgan kashta tikilgan va ulkan dumaloq yengli libosda bo‘ldi.

Bbc.com saytida mantiqiy savol berildi: nega qizil gilamni muhokama qilish kerak, bu saylov emasku. Ta’kidlanishicha, sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan kontent tobora ishonchli bo‘lib bormoqda va undan istalgan sohada foydalanish mumkin.


Faktchekerlar hamjamiyatiga qo‘shiling.

Manba: https://factchecknet.uz/2024/05/10/qanday-qilib-si-yordamida-met-galaga-borib-kelish-mumkin/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.