Jańalıqlar

Oliy o‘quv yurtlarida davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalarning bazaviy stipendiyasi miqdori oshiriladi
Oliy o‘quv yurtlarida davlat granti asosida o‘qiyotgan talabalarning bazaviy stipendiyasi miqdori 10 % ga oshiriladi va 470 ming 800 so‘mni tashkil qiladi (avval – 428 ming so‘m edi).

O‘zbekiston COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash boshlanishini e’lon qildi
O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida 2 million doza vaksinaga buyurtma berdi. Dastlab, 65 yoshdan oshgan fuqarolar hamda tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari emlanadi.

Markaziy Osiyoda yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik
Markaziy Osiyo davlatlarida FV holati va karantin choralari joriy etilganidan keyin feyk yangiliklar va yolg‘on xabarlar soni oshdi. COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat atrofida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda mish-mish va feyk xabarlar tarqatish bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida davlat tuzilmalari tomonidan qator ishlar olib borildi. Huquq-tartibot idoralarining xabarlariga ko‘ra, tegishli profilaktika tadbirlari o‘tkazilganidan keyin bu odamlar qilmishlaridan afsuslanib, kamera qarshisida xalqdan kechirim so‘ramoqda.

O‘zbekiston Markaziy banki Internet tarmog‘idagi firibgarlikdan ogohlantirdi
Markaziy bank o‘zining Telegram kanalida Internet termog‘ida keng tarqala boshlagan firibgarlik haqida xabar berdi. Firibgarlar xorijiy valyutadagi ma’lum bir to‘lov evaziga xalqaro moliya bozoriga olib chiqish (FOREX platformasi), tahliliy materiallar bilan ta’minlash, maslahatlar berishni taklif qilishadi.

O'zbekistonda Birinchi Tashkent City TikTok Awards 2020 mukofotlari bo'lib o'tdi
Mukofotga "Eng iste'dodli TikToker", "Eng tez o'sayotgan akkaunt", "Eng ko'p ko'rilgan video", "Musical TikTok", "Eng ko'p obuna bo'lgan TikToker", "Yilning eng yaxshi challenge", "Yilning hashtagi" kabi nominatsiyalar kiritildi. ...