Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Markaziy Osiyodagi faktcheking tashkilotlari

09.12.2020 • 07:03

AQSh Prezidenti Ronald Reygan 1981 yilgi chiqishlaridan birida daraxtlar havoni avtomobillarga qaraganda to‘rt marta ko‘proq ifloslantiradi, degan fikrni ilgari surgan edi. Bu fikr odamlarning kulgusiga sabab bo‘ldi, olimlar esa bu fikrni tekshirib ko‘rib, uni rad etishdi (Pogodina, 2020).

Faktcheking shundan boshlangan edi. 2000-yillar boshida AQShda bir nechta faktchek-loyihalar — PolitiFact, Factcheck.org va The Washington Post gazetasi qoshida Fact Checker paydo bo‘ldi. Keyinchalik siyosatchilarning bayonotlari va dalillarni tekshirish butun dunyoga tarqaldi(Pogodina, 2020).

Markaziy Osiyo mamlakatlari ham bu jarayindan chetda qolishmadi. Markaziy Osiyodagi ilk faktcheking resursi FactCheck.kz 2017 yilda Qozog‘istonda ishga tushirilgan edi (factcheck.kz, 2017). U Xalqaro faktcheking tarmog‘i(IFCN) a’zosi hisoblanadi. Masalan, Factcheck.kz jurnalistlari president saylovlari vaqtida aniqkangan «siyohi o‘chib ketadigan» ruchka haqida yozishdi va bototarmoqni tadqiq etishdi. Pandemiyada davrida Factcheck.kz butun dunyodagi faktchekerlari bilan birga 4 mingga yaqin feyklarni, jumladan turli fitna nazariyalarini fosh qildi (Pogodina, 2020)

Yaqinda Qirg‘izistonda Factcheck.kg resursi yaratildi (factcheck.kg, 2020). Ilk faktcheking platformasi 2018 yilda ishga tushirilgan bo‘lib, u feysbukdagi sahifa edi. Factcheck.kg Bellingcat loyihasi bilan hamkorlikda amalga oshirgan eng shov-shuvli tekshiruvlardan biri Qirg‘iziston bojxona xizmati boshlig‘ining sobiq o‘rinbosarining xotini bilan bog‘liq ish edi (Baymuratova, 2019).

2018 yildan buyon Tojikistonda mediasavodxonlikni oshirish masalalari bilan Factcheck.tj resursi shug‘ullanib kelmoqda. Loyiha faktcheking institutini shakllantirish va rivojlantirish orqali Tojikiston axborot makonida feyk-yangiliklarning tarqalishiga qarshi kurashishga yordam berishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, saytdan faktcheking bo‘yicha darslarni, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi testlar va mantiqiy o‘yinlarni ham toppish mumkin (BRYCACentralAsia, 2020). Ushbu uchta tashkilot hamkorlikda ishlayapti va hududdagi axborot makonida feyklarning tarqalishiga qarshi faol kurashmoqda.  

Manbalar:

(б.д.). https://www.facebook.com/factcheck.kg dan olindi

BRYCACentralAsia, Р. (18 Июль 2020 г.). @BRYCACentralAsia. FaceBook: https://www.facebook.com/BRYCACentralAsia/posts/168249988149116 dan olindi

factcheck.kg, Р. (29 Февраль 2020 г.). https://factcheck.kg/. factcheck.kg: https://factcheck.kg/category/about/ dan olindi

factcheck.kz. (11 Май 2017 г.). https://factcheck.kz/. https://factcheck.kz/: https://factcheck.kz/glavnoe/startoval-pervyj-faktcheking-resurs-v-centralnoj-azii/ dan olindi

Баймуратова, К. (17 Декабрь 2019 г.). kloop.kg. https://kloop.kg/: https://kloop.kg/blog/2019/12/17/prosto-fakty-skolko-stoyat-lyuksovye-chasy-brendovye-sumki-i-odezhda-zheny-matraimova/ dan olindi

Погодина, А. (12 Август 2020 г.). https://www.codastory.com/. https://www.codastory.com/: https://www.codastory.com/ru/disinfo/factcheckers-freedom/ dan olindi

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.