Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Faktcheking dunyoda

04.12.2020 • 16:31

Dunyoda faktlarni tekshirishga mo‘ljallangan 304 ta resurs mavjud. O‘tgan yildan buyon bunday saytlar soni 100 ta tshkilotga oshgan (Duke Reporters' Lab 2020 yil 13 oktabr). Bu  Reporters' Lab faktcheking tashkilotlari monitoringini boshlagan 2014 yil bilan solishtirganda  2 marta ko‘proqdir. 

Eng ko‘p faktcheking tashkilotlari va resurslari Yevropada (85) va Osiyoda (82) joylashgan.   Bunday o‘sishni ekspertlar ijtimoiy noroziliklar (masalan, CHilidagi kabi), saylovlar (AQSh) va albatta koronavirus pandemiyasi bilan bog‘lashadi. Hisobotga ko‘ra, 2020 yil boshidan deyarli har bir faktcheking tashkiloti sog‘liqni saqlash sohasida reportyorlar(health reporters) jamoasiga aylangan. Koronavirus mavzusini yoritishni muvofiqlashtirish maqsadida Xalqaro faktcheking tarmog‘i #CoronaVirusFacts Alliance guruhini ochdi. Bugungi kunda ma’lumotlar bazasida 70 dan ortiq mamlakatdan olingan 40 tildagi 9 000 dan ziyod COVID-19 mavzusidagi feyklar mavjud. Facebook, WhatsApp, Google va YouTube singari yirik raqamli platformalar faktchekerlarga soxta axborot tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida monitoring va tadqiqotlar natijalarini e’lon qilishga yordam bermoqda. 

Ko‘p yillardan beri professional darajada faktlarni tekshirish bilan shig‘ullanuvchi mutaxassislarning(Africa Check, Chequeado va Full Fact kabi yirik tashkilotlar asoschilari) fikricha, faktcheking bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar nafaqat jamoatchilikka tuzatilgan va ishinchli axborotlarni yetkazib berishlari, balki ishonchli axborot manbalarini aniqlashlari, odamlarning o‘zlari yolg‘on va chalg‘ituvchi bayonotlarni aniqlashlariga yordam berish uchun maktablar va boshqa ta’lim platformalari bilan ishlashlari zarur.  Ko‘p bota o‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, faktlarni tekshirish jamiyatga xatto taqdim etilgan faktlar ular qat’iy amal qiladigan maslaklarga zid bo‘lsada, u yoki bu bayonotga nisbatan o‘zlarining munosabatini qayta ko‘rib chiqishga yordam beradi. Tanqidiy fakrlash ana shunday paydo boladi.

Masalan, Buyik Britaniyada Full Fact tashkiloti odamlarga malumotlarni qulay va tushunarli shaklda yetkazib berisish uchun Milliy statistika xizmati bilan hamkorlik qiladi. Argentinada faktlarni tekshiruvchi Chequeado tashkiloti mamlakatdagi ilk yoshlarni tanqidiy fikrlashga va yangiliklar savodxonligiga orgatuvchi talim dasturini ishga tushirdi. Faktchekingning samaradorligiga erishish uchun jamiyatning ishonchli axborotlarni olish imkoniyatini yaxshilash kerak. 

Eng asosiysi, faktcheking – faqat professionallar shug‘ullanadigan soha emas. Faktcheking – media-axborot savodxonligi(MAS)ning tarkibiy qismi va «XXI asrning zarur ko‘nikmasi». Shu bois, 2-aprelda nishonlanadigan Xalqaro faktcheker kuni sizning ham kuningizga aylanib qolsa, ajabmas!

 

Manbalar:

Duke Reporters' Lab, October 2020, havola: https://reporterslab.org/tag/fact-checking-census/ 

Factcheck.org, Misinformation directory, July 2017, havola:  https://www.factcheck.org/2017/07/websites-post-fake-satirical-stories/ 

Saytlarni tekshirish uchun saytlarning doimiy yangilanib turuvchi xaritasi: https://reporterslab.org/fact-checking/.

Dunyo bo‘yicha koronavirus haqidagi feyklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi:  https://www.poynter.org/coronavirusfactsalliance/ 

Factcheck.kz, Как фактчек позволяет выиграть в борьбе с дезинформацией, октябрь 2019, havola: https://factcheck.kz/metodika-fch/kak-faktchek-pozvolyaet-vyigrat-v-borbe-s-dezinformaciej/.

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.