Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

“Dushmanona til”: seksizm, gender stereotiplari va qoliplari

17.11.2020 • 08:46

Oddiy tilde aytadigan bo‘lsak, seksizm – jins va gender belgilariga ko‘ra kamsitish degani. Seksizm har doim mavjud bo‘lgan. Tarix kitoblariga nazar tashlasangiz, qadimgi zamonlarda ayollarga munosabat qanday bo‘lganini bilib olasiz.  

Mavzu tarixi: “seksizm” atamasi 20 asrda paydo bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, u ilk marotaba Franklin va Marshall kollejida (AQSh) “Fakultet talabalari forumi”da tilga olingan. Bu voqea 1965 yil 18-noyabrda sodir bo‘lgan. Pauline M. Leet “seksizm” atamasining muallifi hisoblanadi. Bu qiz “WomenandtheUndergraduate”  (“Ayol va talaba/bakalavr”) nomli ma’ruza tayyorlaydi. Ma’ruzasida u qiziqarli mavzuni ko‘tarib chiqadi: “Siz ayollar yaxshi she’rlar yoza olishmaydi, deysiz… Ha, biz biladigan shoiralar soni kam… Aytishim mumkinki, siz hozir xuddi irqchilikka o‘xshash nuqtai nazarni ilgari suryapsiz. Bu holatda men sizni seksist deb atashim mumkin bo‘ladi. Irqchi ham, seksist ham biror bir insonning qadr-qimmati borasida ahamiyatga ega bo‘lmagan omillarga tayanib xulosalar chiqaradi”. Shunday qilib, muomalaga yangi – “seksist” so‘zi kirib keldi. Ayollarning ozodlik harakati avj olgan yillarda bu atama ayniqsa mashhur bo‘lib ketdi.  

 Aksariyat holllarda, xotin-qizlarning huquqlari buzilganida seksizm haqida so‘z ochiladi, ammo erkaklar ham uning qurboni bo‘lishlari mumkin ekan: masalan, armiyaga faqat erkaklarning chaqirilishining tagida ham seksizm yotadi. 

Seksizm stereotiplar asosida yuzaga keladi. Stereotipning asosida esa o‘ta soddalashtirilgan timsolgacha bo‘lgan umumlashtirish, sxemaga solish yotadi. 

Gender stereotiplari ayollar va erkaklarning ozini tutishi, yurish-turishi borasida jamiyatda qaror tasavvurlarga asoslanadi. “Erkaklarga xos” va “ayollarga oid” deb ajratish juda ko‘p uchraydi. Vahollanki, sotsiologlar va psixologlar bunday ajratish noto‘g‘ri, xatto zararli ekanini, xarakter xususiyatlari muhit, madaniyat va shaxsiy tajriba asosida shakllanishini  qayd etishadi. Ammo “faqat erkaklar uchun” yoki “faqat ayollar uchun” degan yorliqlar hozir ham umuminsoniy sifatlar bilan bir qatorga qo‘yiladi.  

  • Ayolarning (“noraso”) mantig‘i erkaklar mantig‘iga qarshi qo‘yiladi.
  • Erkaklaning kuchliligi bilan ayollarning zaifligi qarama qarshi qo‘yiladi.
  • Ayollar hissiyotga beriluvchan, erkaklar esa mulohazali deb hisoblanadi.
  • Iffatini saqlash yosh qizlarning majburiyati hisoblanadi
  • Erkaklar aqlli, ayollar oqila bo‘lishadi
  • Ayollar sergap, erkaklar esa kamgap bo‘lishadi
  • Mas’uliyatsizlik va infantilism faqat ayollarga xos xususiyatlar, deb hisoblanadi.
  • Ayollar sirli, erkaklar esa dangalchi bo‘lishadi
  • Erkaklar qo‘li ochiq, ayollar esa manfaatparast bo‘lishadi
  • Ayollar intrigaga, erkaklar esa xotinboz bo‘lishadi – bu kabi qarama qarshi qo‘yishlarga asoslangan stereotiplar barcha erkaklar va ayollarga nisbatab ishlatiladi va ularni “biz” hamda “ular” deb ajratishga sabab bo‘ladi.  

Metin iroda”, “qattiqqol”, “suyansa boladigan yelka”, “irodali insonkabi jumlalar tilga olinganda darrov koz oldimizga erkak qiyofasi keladi. Zaiflik, noziklik, ko‘ngilchanlik – bu xususiyatlarning barchasini  antogonistlar ayollarga xos, deb hisoblashadi.

Umumlashtirish va stereotiplashtirish yorliqlar yopishtirilishiga olib keladi. Yorliq – salbiy bo‘yoqqa ega bo‘lgan stereotip, qolip, laqabning sinonimidir. 

Nutqdagi qolip – ma’lum bir vaziyatlarda qo‘llaniladigan so‘zdan foydalanishning standart namunalari, so‘z birikmalari va sintaktik tuzilmalarning qolipga solingan sxemalari, shunindek nutqiy muomalaning umumiy modellari.

Qoliplar jurnalistikada, siyosatchilarning chiqishlarida qo‘llaniladigan Mafkuraviy, hamda fikrlash birligi sifatida qaraladigan Psixologik bo‘ladi.

Masalan, ayollarning dangal “yo‘q” deyishi aslida “sirli” tarzda “ha” deganini bildirishi haqidagi psoxologik qoliplar turli xavfli, jumladan ayollarning aytayotgan gaplariga e’tibor bermaslik kerak, ularning rad javobi hech narsani anglatmasligi borasida xulosalarning kelib chiqishiga olib keladi. Bunday stereotip xarassmentni yoki shilqimlikni – noqulaylik yohud zarar keltiruvchi, shaxsiy hayot dahlsizligini buzuvchi [atti-harakatni keltirib chiqaradi. Bu og‘zaki haqorat yoki tahdidlar, yomon niyatdagi koyishlar, qo‘pol hazil yoki noma’qul xat yohud qo‘ng‘iroqlar, haqoratli yoki kamsituvchi fotosuratlarni namoyish etish, qo‘rqitish, shahvoniy xatti-harakatlar, keraksiz teginishlar, yelkasiga qoqishlar, chimchilashlar, jismoniy hujum yoki boshqa shu kabi harakatlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.   

Agar siz quyidagi kabi jumlalarni eshitsangiz yoki ularni tilga olsangiz:

 «Ayol kishi uchun bu ishni juda yaxshi uddalayapsiz...»

«Ajoyib… (ayol tanasining biror qismi tilga olinadi)»

«Men…. Uchun Xudoga shukur qilishing kerak»

«Sizning tanangiz/kiyimingiz/tashqi ko‘rinishingiz meni xijolatga qo‘ymoqda, diqqatimni bo‘layapti»

Sen qiz bolasanku, sen… bo‘lishing kerak

Tegma, tirnog‘ingni sindirib olasan! (va shu kabi boshqa hazillar)

Rahbarlik, jarrohlik, prezidentlik, tanqidchilik, me’morlik, uchuvchilik, shoirlik…. Bu ayollarning ishi emas! 

Bilib qo‘ying, bular seksizmning namoyon bo‘lishidir.

(yorAlla mariyab)

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.