Adovat tili va so‘z erkinligi o‘rtasidagi chegarani belgilab olish har doim ham oson kechmaydi. YEXHTning 2018 yil bo‘yicha hisobotiga ko‘ra, xalqaro qonunchilik qarashlarni erkin bayon etish huquqini himoya qiladi. “Har bir inson o‘z fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; mazkur huquq davlat chegaralaridan qat’iy nazar, o‘z tanloviga ko‘ra, og‘zaki, yozma yoki bosma yohub ifidalashning badiiy shaklida, yoki boshqa usulda har qanday qxborot va g‘oyani izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi”. Boshqacha autganda, bizda boshqalarning fikriga qo‘shilmaslik huquqi bor, hamda ushbu huquq har qanday demokratik davlat uchun fundamental ahamiyatga ega.
Ho‘sh, chegara qayerda? Tahlil qilib ko‘ramiz. Agar biror inson qo‘shni davlatning milliy taomini yoqtirmasligini aytsa, bu – adovat tili EMAS. Bu shunchaki insonning shaxsiy fikri. Ammo, agar o‘sha inson milliy taomlarni yoqtirmasligini aytish barobarida mazkur millatni haqoratlaydigan stereotiplarni qo‘llasa va zarar yetkazishni taklif qilsa, endi bu – adovat tili. Farqni sezayapsizmi? Adovat tilining ta’rifi qanday?
Adovat tili – geyder, milliy, irqiy, diniy, ijtimoiy, tabaqaviy, madaniy va boshqa belgilarga ko‘ra ma’lum bir insonlar guruhiga nisbatan haqoratni, kamsitishni va nafratni ifoda etish. Bu o‘rinda nafrat uyg‘otuvchi so‘z ifodalari zo‘ravonlik yoki boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilish uchun asosli taxminlarning mavjudligi asosiy mezon hisoblanadi.
Agar sudlar boshqa bir shaxsga tahdid yoki boshqa shaxslarga nisbatan zo‘ravonlikka undash mavjud, deb topsa, bunday fikrlar qonun bilan jazolanadi. Buning uchun sud psixologik-filologik ekspertiza tayinlaydi, lekin amaliyotda ko‘pincha psixologlar va siyosatshunoslarning (tilshunoslarning emas) xulosasi bilan ish ko‘riladi.
Shunday qilib, o‘z fikrlarini erkin bayon qilganlik uchun javob berishga tayyor turish hamda agar qamoqda o‘tirishni istamasangiz, qonunni buzmaslik kerak.
Material Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida BRYCA loyihasi doirasida tayyorlangan.
Manbalar:
1. EdEra, VeryVerified:Онлайн-курс по медиаграмотности.https://www.youtube.com/watch?v=g6tUptlLE2k&list=RDCMUCBJx3fpN2SY9W9zY3e2R1RA&start_radio=1&t=0
2. S. Сулайманова Д. Османова «Язык вражды в СМИ: Гендерное измерение: пособие. Ташкент.: Bactria press. 2020/ - 126c. и https://factcheck.kz/socium/statya-174-uk-rk-mozhno-li-popast-pod-sud-za-kommentarij-v-socsetyax/.