Nafratga asoslangan jinoyatlar mass-madianing e’tiborini torta olsa, keskin va shov-shuvli bo‘ladi, bu esa ana shunday hujumlarga uchragan guruhlar va bodhqa insonlarning hislariga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Ular xatto kengroq hajmdagi ijtimoiy nizolar va siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishi mumkinligi bilsn ham xavflidir. Bunday xatar barcha davlatlar uchun ahamiyatli, ammo yaqin o‘tmishda beqarorlikni, ayniqsa, etnik va diniy asosli qurolli nizolarni boshidan o‘tkazgan mamlakatlar uchun juda muhim. (Aleksandr, 2015)
Ushbu maqolada siz adovat tilidan foydalanganlik, aholining biror bir guruhini kamsitganlik va adovat yoki nizo keltirib chiqarganlik uchun markaziy Osiyo davlatlarida qanday jinoiy javobgarlik belgilangani bilan tanishasiz.
Qirg‘iziston Konstitutsiyasi kamsitish, adovat yoki zo‘ravonlikni keltirib chiqaruvchi milliy, etnik, irqiy, diniy adovatni, gender yoki boshqa ijtimoiy ustunlikni targ‘ib qilishni ta’qiqlaydi (Adliya vazirligi sayti, 2020). Millatlararo nizo keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har qanday materiallar, fikrlar va boshqa xatti-harakatlar QR Jinoyat Kodeksining “Irqiy, etnik, milliy, diniy yoki hududlararo adovat (nizo) qo‘zg‘atish” deb nomlangan 313-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Irqiy, etnik, milliy, diniy yoki hududlararo adovat (nizo) qo‘zg‘atishga, milliy shon-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, shuningdek fuqarolarni dinga munosabatidan, milliy yoki irqiy mansubligidan kelib chiqib ustun qo‘yishni yohud kamsitishni targ‘ib qilishga qaratilgan xatti-harakatlarni oshkora yoki ommaviy axborot vositalari orqali, shunindek Internet tarmog‘i vositasida amalga oshirganlik uchun voyaga yetmaganlar – 2 yilu 6 oydan 4 yilgacha, boshqa jismoniy shaxslar – 5 yildan 7 yilu 6 oygacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Xuddi shu harakatlar hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘ravonlik yo‘li bilan, yoki uni amalga oshirish bilan qo‘rqitib yohud bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib amalga oshirilsa, voyaga yetmaganlar – 4 yildan 6 yilgacha, boshqa jismoniy shaxslar –7 yilu 6 oydan 10 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi (Qirg‘iz respublikasi Jinoyat Kodeksi).
Masalan, shu yil fevral oyida bloger Elmir Sidiman o‘zining Instagramdagi sahifasida jonli efirda janubiy viloyatlarni qoloq va rivojlanishdan orqada qolgan, deb atadi. Bu hol uning QR JKning 313-moddasi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinishiga sabab bo‘ldi (Kaktus Media, 2020).
Qozog‘istonda ham ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar uchun nafaqat sudga tortilish, balki QR JKning 174-moddasi bo‘yicha qamalish ham mumkin. Bunday harakatlar uchun 2 yildan 7 yilgacha ozodlikni cheklash yoki shu muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi (Tsoy, 2017).
O‘zbekistonda Jinoyat Kodeksining 156-moddasida shu turdagi jinoiy harakatlat uchun jazo belgilangan: Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʼib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa, - bazaviy hisoblash miqdorining olti yuz baravarigacha miqdorda (133,8 mln.so‘mgacha) jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi, 2020).
Tojikistonda ham xuddi shu talqindagi modda mavjud. 189-moddaga asosan, bunday xatti-harakatlar 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud shu muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Agar o‘sha harakatlar takroran yoki zo‘ravonlik yo‘li bilan yoki zo‘ravonlik qilish bilan qo‘rqitib, xizmat mabqeidan foydalanib, yoxud bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib amalga oshirilsa, 5 yil davomida ma’lum bir lavozimlarni egallash yoki ma’lum bir faoliyat turlari bilan shug‘ullanish ta’qiqlangan holda yoxud bunday ta’qiqsiz 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi. Agar ushbu xatti-harakatlar uyushgan guruh tomonidan amalga oshirilib, ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelsa, fuqaroni doimiy yashash joyidan majburan chiqarib yuborishga sabab bo‘lsa, yoxud xavfli yoki o‘ta xavfli retsidivda sodir etilsa, ular 5 yil davomida ma’lum bir lavozimlarni egallash yoki ma’lum bir faoliyat turlari bilan shug‘ullanish ta’qiqlangan holda yoxud bunday ta’qiqsiz 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi (Tojikiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi, 2020).
Tojikistondagi inson va qonuniylikka rioya etish Byurosining ma’lum qilishicha, 16-aprelda Dushanbe shahar Shohmansur tumani sudi mustaqil journalist Daler Sharipovni “diniy adovat qo‘zg‘agani uchun” Jinoyat Kodeksining 189-moddasi 1-qismi bilan 1 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Mazkur bayonotni birgalikda tayyorlagan fuqarolik jamiyati tashkilotlari o‘z maqolalarida ko‘p bora inson huquqlari va diniy erkinliklar masalalarini yoritgan hamda davlatning mazkur yo‘nalishdagi siyosatini tanqid qilgan 32 yoshli journalist kasbiy faoliyati sababli ta’qibga uchraganligi borasida tashvishlarini bayon etishadi. Ular Tojikiston hukumatini jurnalistni tezda va so‘zsiz ozod qilishga chaqiradilar. Daler Sharipov 2020 yil 28-yanvarda Milliy xavfsizlik Davlat qo‘mitasi (MXDQ) xodimlari tomonidan “milliy, irqiy, mahalliy yoki diniy adovat qo‘zg‘agani uchun” ushlangan (QIYNOQLARDAN OZODLIK, 2020).
TR Jinoyat Kodeksi 189-moddasining keng talqin etilishi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida Xalqaro paktning 20(2)-moddasiga zid bo‘lib, adovat, zo‘ravonlik yoki kamsitishni qo‘zg‘atishni nazarda tutmagan va banday xatar mavjud bo‘lmagan fikr bildirganlik uchun noqonuniy jazo berish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan meyoriy hujjatlar sirasiga kiradi (QIYNOQLARDAN OZODLIK, 2020).
Material Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida BRYCA loyihasi doirasida tayyorlangan..
Manbalar:
Александр, В. (2015). Уголовное право стран ОБСЕ против преступлений ненависти, возбуждения ненависти и языка вражды . Москва: Центр "Сова".
Кактус Медиа. (19-февраль 2020-ж.). Кактус Медиа: https://kaktus.media/doc/406327_blogera_sydymana_arestovali_na_dva_mesiaca.htmlдан кайтарылган
Сайт Министерства Юстиции КР. (14-сентябрь 2020-ж.). Сайт МИНИСТЕРСТВО ЮСТИЦИИ: http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/202913дан кайтарылган
СВОБОДА ОТ ПЫТОК. (17-апрель 2020-ж.). Коалиция гражданского общества против пыток и безнаказанности в Таджикистане: https://notorturetj.org/news/tadzhikistan-grazhdanskoe-obshchestvo-prizyvaet-vlasti-osvobodit-osuzhdennogo-zhurnalistaдан кайтарылган
Уголовный Кодекс Кыргызской Республики. (14-сентябрь 2020-ж.). Сайт Министерства Юстиции: http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru/111527дан кайтарылган
Уголовный Кодекс Республики Таджикистан. (14-сентябрь 2020-ж.). wipo.int: https://www.wipo.int/edocs/lexdocs/laws/ru/tj/tj023ru.pdfдан кайтарылган
Уголовный Кодекс Республики Узбекистан. (14-сентябрь 2020-ж.). Lex.uz: https://lex.uz/ru/m/acts/111457дан кайтарылган
Цой, С. (17-ноябрь 2017-ж.). Factcheck.kz. Factcheck.kz: https://factcheck.kz/socium/statya-174-uk-rk-mozhno-li-popast-pod-sud-za-kommentarij-v-socsetyax/дан кайтарылган