Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Qanday gapni nafrat nutqi emas deb baholasa bo'ladii

23.09.2020 • 08:15

Bizga tajovuzkor bo‘lib tuyulgan narsa har doim ham adovat tili bo‘lavermasligi bois, adovat tilini ajratib olish ba’zida qiyinchilik tug‘diradi. Yoki aksincha, birinchi qarashda beozor bo‘lib tuyulgan hazil tagida adovat tili yashiringan bo‘ladi.

Mana, masalan, Facebookdagi “Yoshlar portali”da e’lon qilingan Namangan (O‘zbekiston)da yashovchi bir kishi xotini va o‘g‘lini bolta bilan chopib tashlab, keyin o‘zini yoqib yuborgani haqidagi postga bildirilgan ikkita izoh.

“O‘zing o‘lib ketavermaysanmi, iflos, oilangda, bolalarda nima ayb edi… Iloyo, do‘zax olovida kuyib kul bo‘lgin…” – bu izohda haqoratli so‘zlar bo‘lsada, uni adovat tili, deya olmaymiz, chunki u aniq bir odamga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning aniq bir xatti-harakatiga munosabatdan iborat. Bu izohni shaxsni haqorat qilish, desak to‘g‘riroq bo‘ladi.

Man bu esa ikkinchi izoh: “Viloyatliklar yana maydonga chiqishdi, har kuni nimadir bor”. Bir qarashda, bu izohda ham tajovuzkorlik yo‘qdek tuyuladi, ammo bu o‘rinda muallif odamlar guruhini “viloyatliklar” deb ajratib ko‘rsatadi va salbiy ma’nodagi kontekstdan ko‘rishimiz mumkinki, ularni salbiy sifatlar bilan ta’riflagan, shu bois bu narsa xeytspichga misol bo‘la oladi.

Izohlarda zo‘ravonlik qurbonlariga nisbatan ishlatiladigan “o‘zi aybdor” shaklidagi keng tarqalgan ta’rif ham adovat tili hisoblanadi, chunki izohni ozgan odam bu so‘z orqali zo‘ravonlikni oqlayapti. Misol tariqasida Uyat.uz guruhida e’lon qilingan Surxondaryo(O‘zbekiston)da milliy gvardiya xodimlari bir fuqaroni niqobda bo‘lmagani uchun bo‘g‘ishga uringani haqidagi postga qoldirilgan izohni olaylik. “O‘zi aybdor” - zo‘ravonlik qurbonining o‘zi zo‘ravonlikda aybdor bo‘lishi mumkin emas, chunki huquqiy jamiyatda zo‘ravonlikni hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi.

Article 19 xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotining fikricha, ta’lim va ma’rifat – adovat tiliga qarshi kurashda eng samarali usullardan biri hisoblanadi.   

 

Manbalar:

“Yoshlar portali” ochiq guruhi, Facebook community, quyidagi havola orqali kirish mumkin https://m.facebook.com/portalmolodeji/

“Uyat.uz” ochiq guruhi, Facebook community, quyidagi havola orqali kirish mumkin https://www.facebook.com/groups/480920865932066/?fref=nf

Article 19, 2015. Разъясняя «язык вражды»: Amaliy qo‘llanma, quyidagi havola orqali tanishish mumkinhttps://www.article19.org/wp-content/uploads/2015/12/A19_Hate-Speech-Report-2018_Russian.pdf

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.