Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Ohangiga ko‘ra adovat tili qanday bo‘ladi va uni qanday qilib aniqlash mumkin

18.09.2020 • 11:26

Keling, ohang nuqtai nazaridan xeytspichning qanday turlari mavjud bo‘lishini ko‘rib chiqaylik. Adovat tili bir necha turlarga tasniflanadi. Ulardan birini rossiyalik tadqiqotchi, jurnalist va publitsist A.M.Verxovskiy taklif etadi:

Keskin “adovat tili” - zo‘ravonlik va kamsitishga to‘g‘ridan to‘g‘ri va bevosita chaqiriq. Ba’zida buning uchun umumiy shiorlardan foydalaniladi, ba’zida esa bu zo‘ravonlik va kamsitishga niqoblangan chaqiriq bo‘ladi. Biz bu o‘rinda misollar keltirib o‘tirmaymiz, chunki xatto iqtiboslar keltirish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

 

“Adovat tili”ning o‘rtacha shakli OAVda, ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda, postlarda, shuningdek davlat organlarining ayrim rasmiy sahifalarida uchraydi. Masalan, Toshkent shahar IIBB saytida YHQni buzgan haydovchilar, hamda pul evaziga intim xizmatlar ko‘rsatuvchi shaxslarning fotosuratlari ochiqdan ochiq joylashtirildi. OAVdagi “Xitoy hukumati fohishalarni qayta tarbiyalashdan voz kechishi mumkin”  degan sarlavha ham adovat tilining o‘rtacha shakliga misol bo‘la oladi. O‘rtacha shakl o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

* tarixda kuzatilgan zo‘ravonlik va kamsitish holatlarini oqlash;

* tarixda kuzatilgan va umumtan olingan zo‘ravonlik va kamsitish holatlarini shubha ostiga oluvchi fikrlar va materiallar;

* u yoki bu etnik yohud diniy guruhning tarixdagi zo‘ravonliklari haqidagi fikrlar;

* u yoki bu etnik yohud diniy guruhning jinoyat olamiga aloqadorligi haqidagi mulohazalar;

* u yoki bu etnik yohud diniy guruhning o‘ta ustunlikka egaligi haqidagi fikrlar;

* u yoki bu etnik yohud diniy guruhning jamiyat va davlatga salbiy ta’siri haqidagi mulohazalar;

* guruhni hokimiyatni egallab olishga yoki hududiy ekspansiyaga urinishda ayblash;

* fuqarolikni inkor etish.      

     

“Adovat tili”ning yumshoq shakli, odatda stereotiplarga asoslangan bo‘ladi. Masalan, nogironligi bor insonlar mavzusi odatda stereotiplarga asoslanadi va natijada, har doin e’tiborga muxtoj bo‘lgan kasalmand, nochor, foydasiz, jamiyatga ortiqcha yuk bo‘lgan ijtimoiy autsayder timsoli yaratiladi. “Adovat tili”ning yumshoq shakli o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

* insonlarning etnik, diniy yoki boshqa guruhining salbiy timsoli;

* u yoki bu guruhning norasoligi haqidagi fikrlar;

* biror odam yoki insonlar guruhining axloqiy kamchiliklari haqidagi mulohazalar;

* etnik yoki diniy guruhlarni yohud ularning vakillarini kamsitib yoki haqoratlab tilga olish;

* ksenofobiy namoyon bo‘lib turgan fikr va matnlardan izohsiz iqtibos keltirish.

Shundy qilib, yuqorida sanab o‘tilgan harakatlarning har biri adovat tili hisoblanadi va qonun tomonidan ta’qib etiladi.

    

Material Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida BRYCA loyihasi doirasida tayyorlangan.

 

Manbalar:

 Верховский А. М. Язык мой… Проблема этнической и религиозной нетерпимости в российских СМИ. — М.: РОО «Центр «Панорама», 2002. — 200 с. — ISBN 5-94420-008-1.

Сайт:  https://kun.uz/ru/news/2018/12/27/vlasti-kitaya-mogut-otkazatsya-ot-perevospitaniya-prostitutok

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.