Banan yemanglar, 5G internetdan foydalangmanglar, yaxshisi umuman ukdan chiqmanglar. Va albatta bu axborotni tarqatinglar! Hozirgi vaftda shunga o‘xshash maslahatlar bilan faqatgina Markaziy Osiyoning emas, balki butun jahon mediamuhiti to‘lib toshgan.
Feyklar koronavirus infeksiyasi tarqalishining ajralmas yo‘ldoshiga aylandi. Va bunda faqatgina feykli akkauntlar emas, balki odamlar odatda ishonadigan va OAV axborotini tekshirish uchun murojaat etadigan hukumat vakillari ko‘pincha ularning manbasi bo‘lib qolmoqda.
Biz sizlar uchun koronavirus to‘g‘risidagi eng mashhur feyklarning beshtaligini yig‘ib qo‘ydik.
Qani bo‘lmasa ketdik!
1 o‘rin. Go‘yoki vaksinani odamlarni chiplash va ularni global kuzatish uchun qo‘llashga harakat qilayotgan Bill Geytsning pandemiyaga aloqasi borligi to‘g‘risidagi mish-mishlar. Microsoft korporatsiyasi asoschisi uning odamlargi global chiplash to‘g‘risidagi til biriktirishda ishtiroki to‘g‘risidagi konspirologik nazariyalar ularni inkor qilish uchun haddan tashqari ahmoqonadir. (Sputnik, 2020).
2 o‘rin. Koronavirusni sarimsoqpiyoz, asal, limon va garmal yordamida davolash to‘g‘risidagi feyk. Bunday materiallar va ekspertlarning gaplari Marakaziy Osiyo mamlakatlarida ana shu tovarlarga bo‘lgan talabning va narxlarning birdaniga ko‘tarilib ketishiga sabab bo‘ldi («Gurdofarid», 2020).
3 o‘rin. Koronavirus – xitoylik olimlarning ishlab chiqilmasi ekanligi. Uzoq vaqt davomida virus Xitoyda yaratilgani to‘g‘risidagi taxmin rezonansli bo‘lib turdi. Biroq maqsadlarni tushuntirish turlicha bo‘ldi. Bitta taxminga ko‘ra, kasallanish xitoyliklarga demografik krizisni yengib o‘tish va aholining haddan tashqari zichligini tartibga solish uchun zarur bo‘lgan. (Interfaks, 2020).
4 o‘rin. Koronavirus manbai – 5G-ustunlar. Britaniya ijtimoiy tarmoqlarida martda yuzaga kelgan va 5G tarmoqlarining ishlashi odam immunitetiga ta’sir qilishi va buning natijasida odamlar koronavirus infeksiyasiga chalinishga moyil bo‘lib qolishlari to‘g‘risidagi nazariya yuqori tezlik bilan mashhur bo‘lib bormoqda. (Сорока, 2020).
5 o‘rin. Bananlar-qotillar, ijtimoiy tarmoqlar va messendjerlar ular to‘g‘risidagi vahimali ’abarlar va shubhali havolalar bilan to‘lib ketgan. Aslida virusning bananlar, mevalar yoki sabzavotlar orqali yuqish holatlari qayd etilmagan, chunki o‘simliklar virusga chalinmaydilar (Aкылбекова, 2016).
Foydalanilgan manbalar:
ОО «Гурдофарид» (14 аprel 2020 y.). BRYCACentralAsia . 2020 yil 24 iyunda olingan, Facebook: https://www.facebook.com/BRYCACentralAsia/posts/128591072115008/
Sputnik. (5 iyun 2020 y.). Sputnik. 2020 yil 24 iyunda olingan, Sputnik: https://sptnkne.ws/Dffx
Акылбекова, А. (6 dekabr 2016 y.). Радио Азаттык. 2020 yil 24 iyunda olingan, Радио Азаттык: https://rus.azattyk.org/a/28158954.html
Интерфакс. (7 aprel 2020 y.). Топ-5 фейков о коронавирусе. 2020 yil 24 iyunda olingan, Интерфакс: https://www.interfax.ru/russia/703023
Сорока, А. (11 aprel 2020 y.). Би-би-си. 2020 yil 24 iyunda olingan, BBC News Русская служба: https://www.bbc.com/russian/features-52256074
Material Yevropa Ittifoqining ko‘magida BRYCA loyihasi doirasida tayerlangan