Firibgarlik - zamonaviy dunyoda eng keng tarqalgan jinoyatchilik turlaridan biri. Texnologiyalar rivojlanmoqda, ular bilan birga firibgarlik sxemalarining turfa xillari ham. Firibgarlar qurboniga aylanganda nima qilish bilan birga, yaqinlarni qanday ogohlantirishni bilish ham juda muhim. Ushbu maqolada firibgarlikka duch kelganda zararni kamaytiradigan va kelgusi yo'qotishlarni bartaraf etadigan xatti-harakatlarni ko'rib chiqamiz.
Qanday xatti-harakatlarni bajarish kerak:
1. Firibgar bilan har qanday kommunikatsiyani to'xtatish.
2. Dalillarni saqlab qo'ying: yozishmalar, xatlar va tranzaksiyalar skrinshotini qiling.
3. Har qanday moliyaviy faollikni zumda to'xtatish kerak.
Bank hisoblari va kartalarini bloklang. Agar firibgarlarga bank kartasi yoki akkaunti ma'lumotlarini xabar qilgan bo'lsangiz, darhol bankingiz bilan bog'laning. Vaziyatni tushuntiring va kelgusi noqonuniy foydalanishning oldini olish uchun hisob va kartalarni bloklashni so'rang. Tranzaksiyalarni tekshiring.
Hisobingizdagi so'nggi operatsiyalarni tekshiring va har qanday shubhali yoki noqonuniy pul o'tkazmalari haqida bankingizni ogohlantiring.
4. Parollarni o'zgartiring. Barcha onlayn-akkauntlarda parollarni o'zgartiring. Eng muhimlaridan boshlang, masalan, bank, pochta va ijtimoiy tarmoqlar. Har bir akkaunt uchun murakkab va betakror parollardan foydalaning. Ikki bosqichli autentifikatsiyani faollashtiring. Bu sizning mobil telefoningiz orqali tasdiqni talab etuvchi qo'shimcha himoyani ta'minlaydi.
5. Vositalaringizni himoya qiling.
Vositalaringizda zararli dasturiy ta'minot bor-yo'qligini tekshiring. Kompyuter, smartfon yoki planshetni tekshirish uchun ishonchli antivirus dasturidan foydalaning. Dasturiy ta'minotni yangilang. Operatsion tizim va vositangizdagi barcha ilovalar eng so'nggi versiyagacha yangilanganiga ishonch hosil qiling.
6. Tegishli xizmatlarni ogoh qiling. Mahalliy militsiya bo'limiga boring va firibgarlik to'g'risida ariza bering. Bu holatingizni rasmiylashtirish uchun muhim. Firibgarlik sodir etilgan platformalarni ogohlantiring. Masalan, u internet-do'kon yoki ijtimoiy tarmoq saytida sodir bo'lgan bo'lsa, ularning qo'llab-quvvatlash xizmati bilan bog'laning.
Yaqinlarni ham firibgarlik qurboniga aylanmasliklari uchun ogohlantirish uchun nima qilish kerak?
Yaqinlaringizni firibgarlikdan ogoh etish uchun holat mohiyatini tushuntirish muhim: internet-forobgarlik nimaligi, u qanday namoyon bo'lishi va qanday oqibatlarga olib kelishini gapirib bering.
• Qurbonga aylanish osonligini tushuntirish uchun yangiliklar yoki shaxsiy tajribadan voqealar vositasida real misollar bilan bo'lishing.
• Kiberxavfsizlik qoidalari, jumladan, shubhali havolalar va notanish kimsalardan xatlarni chetlab o'tishga o'rgating.
• Antivirus DT o'rnatib va ikki bosqichli autentifikatsiyani faollashtirib, vosita himoyasini yo'lga qo'ying.
• Yaqinlaringiz ogoh va xabardor bo'lishlaro uchun firibgarlik to'g'risidagi yangiliklar va himoya usullarini bo'lishib, yangi tahdidlarni tez-tez muhokama qiling.
Firibgarlik zamonaviy dunyoning jiddiy xavfi bo'lib qolmoqda, lekin xabardorlik va ogohlik risklarni sezilarli kamaytirishi mumkin. Qurbonga aylangan taqdirda nafaqat to'g'ri yo'l tutish, balki yaqinlaringizni ham bu xavfdan ogoh qilishingiz muhim.