Zamonaviy raqamli dunyoda xususiy virtual tarmoqlar (VPN) internetda konfidensiallik va xavfsizlikni ta'minlash uchun muhim vositaga aylandi. Ular real IP-manzilingizni yashirish, ma'lumotlaringizni hakerlardan muhofaza qilish va geografik cheklovlarni chetlab o'tishga yordam beradi. Biroq hamma VPN-servislar ham birdek xavfsiz emas va bepul hamda pullik versiyalari o'rtasidagi tanlov onlayn-xavfsizligingizga sezilarli ta'sir etishi mumkin. Keling, shu ikki ko'rinish ortida qanday xavflar yashiringan bo'lishi mumkinligini bilib olamiz.
Bepul VPN-servislar xavflari
Bepul VPN-servislar ulardan foydalanganlik uchun to'lov talab etilmasligi sababli jozibador ko'rinishi mumkin, biroq shu bilan birga ular bir qator jiddiy oqibatlarga sabab bo'ladi
1. Ma'lumotlarning chetga chiqib ketishi. Aksariyat bepul servislar foydalanuvchi ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga sotish orqali daromad topadi. CSIRO ma'lumotlariga ko'ra, bepul VPNning 75%i foydalanuvchilar haqida ma'lumotlarni yig'ish uchun kuzatuv metodlaridan foydalanadi. Bu o'z ichiga saytlar tashrifi, shaxsiy ma'lumotlar, hatto login va parollarni oladi.
2. Ma'lumotlarning sust himoyasi. Bepul VPN ko'pincha shifrlashning sodda usullaridan foydalanadi yoki umuman trafikni shifrlamaydi, bu esa ma'lumotlaringizni hakerlar tomonidan o'g'irlanishi uchun qulay qilib qo'yadi.
3. Cheklangam resurslar va past ishlab chiqarish. Bepul VPN ulanish tezligi, uzatilayotgan ma'lumotlar hajmi va serverlar miqdorini cheklashi mumkin. Bu ish tezligi pastligi va nostabil ulanishga olib keladi.
4. Reklama va zararli DT. Ba'zi bepul VPN-servislar reklama modullari va hatto zararli DTni ilovalarida faollashtiradi, bu esa vositangizga virus yuqishi va ma'lumotlarning o'g'irlanishiga olib keladi. Ular sizning faolligingizni kuzatishi, noxush dasturiy ta'minot o'rnatishi yoki vositangizga uzoqdan turib ulanish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin.
Pullik VPN afzalliklari
Pullik VPN, odatda, yuqori darajadagi xavfsizlikni ta'minlab, internetda xavfsizlik va konfidensialligingizni sezilarli oshirishi, resurslarning keng ko'lamidan foydalanish imkonini berishi va ma'lumotlaringizni g'ayriqonuniy hujumlardan himoya qilishi mumkin.
VPNni tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak
VPNdan foydalanish bilan bog'liq xavflarni kamaytirish uchun, xoh u pullik, xoh bepul bo'lsin, quyidagi jihatlarni inobatga olish kerak:
Konfidensiallik siyosati. VPN faollik jadvalini olib bormayotgani va shaffof konfidensiallik siyosatini amalga oshirayotganiga ishonch hosil qiling.
Shifrlash usullari. Zamonaviy va ishonchli shifrlash usullari, masalan, AES-256dan foydalanadigan VPNni tanlang.
Obro' va foydalanuvchilar fikri. Boshqa foydalanuvchilar va mustaqil ekapertlar reytinglarini o'rganib chiqing va servis ishonchliligiga amin bo'ling.
Ojizlikka tekshirish. VPN xavfsizlik auditini tez-tez o'tkazadimi va aniqlangan ojizliklarni to'g'rilaydimi, bilib oling.
Serverlar joylashuvi. Serverlar soni va joylashuviga ahamiyat bering, bu orqali stabil va tez ulanishni ta'minlaysiz.
VPNdan foydalanish onlayn-xavfsizligingizni bir necha barobar oshira oladi, lekin yodda tutish muhimki, hamma VPN ham bir xil emas. Bepul VPN konfidensiallik va xavfsizligingiz uchun jiddiy risklarni yuzaga keltirishi mumkin. Pullik servislar ko'pincha yuqori himoya ta'minlaydi, lekin ularning orasida tekshirilgan va ishonchli versiyalarni saralab tanlash muhim.
Manbalar:
• Бесплатные VPN - это безопасно? Негативные последствия, с которыми могут столкнуться пользователи - https://dzen.ru/a/ZNZhZDhMZC7w5pti
• Is a free VPN secure? Why is worth paying for a VPN service? - https://www.f-secure.com/us-en/articles/free-vpn
• Как работают бесплатные VPN и насколько они безопасны - https://vc.ru/services/787585-kak-rabotayut-besplatnye-vpn-i-naskolko-oni-bezopasny