Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Moliyaviy savodxon insonning 7 qoidasi

24.07.2024 • 11:12

Bugungi maqolada sizga moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish imkonini beruvchi asosiy qoidalar va moliya haqida fikr yuritamiz:

1. Xavfsizlik yostig'ini shakllantiring. Bu sizning shaxsiy rezerv fondingiz, kutilmagan vaziyatlar uchun berkitilgan pul. Aksariyat mutaxassislarning fikricha, bunday "olib qo'yilgan" sarmoya uchun 3-6 oylik maosh miqdorida pul kerak. Ya'ni daromad manbai yo'qotilgan bo'lgan taqdirda bunday jamg'arma kishiga olti oyga yetishi kerak.

2.Oylik byudjetning hisob-kitobini olib boring. Agar daromadingiz kundalik ehtiyojlarga ketib qolayotgandek tuyulsa va pul jamg'ara olmasangiz, u holda byudjet hisobini boshlang.

    a.Kindalik xarajatlaringizni yozib boring. Bu maqsadlar uchun bloknot, Excelda jadval yoki maxsus mobil ilovadan foydalanishingiz mumkin. Bir necha hafta yoki oy davomida kundalik xarajatlaringizni yozib borib, byudjetingizdagi "qora bo'shliq"larni - keraksiz, lekin davomiy xarajatlarni aniqlashingiz va ulardan voz kechish yoki ularni qisqartirishingiz mumkin.

    b.Xarajatlaringizni rejalashtirishni boshlang. Rejalashtirishning bir necha usuli bor. Masalan, oylik byudjetni kategoriyalarga bo'lish va har biri uchun limit o'rnatishingiz mumkin. Misol uchun, oziq-ovqatga, ko'ngilxushlikka, yo'l xarajatlari va benzin va h.k. Ikkinchi usul — muayyan davrdagi barcha haridlarga limit o'rnatish, optimal muddat - bir haftaga.

    c.Uzoq muddatli rejalashni o'rganing. Albatta, o'n yillik istiqboldagi oziq-ovqat xaridlari rejasini yozib chiqish shart emas. Lekin kelajakda katta xarajatlar uchun - ta'lim olish, sayohat, mashina yoki uy-joy sotib olish - pul jamg'arishni istasangiz, daromadlar kelib tushish va pul jamg'arish rejasini tuzish kerak bo'ladi.

3.Xaridlarga munosabatingizni o'zgartiring. Impulsiv xaridlarga bardoshli bo'lishni o'rganing. Rejangizda bo'lmagan biror narsani sotib olmoqchi bo'lsangiz, kamida bir sutkaga tanaffus oling. Bu vaqt ichida sizga bu narsa chindan ham kerak yoki kerak emasligi borasida qaror qabul qila olasiz.

4.Pulingizni investitsiya qiling. Katta daromadga ega bo'lmoqchimisiz, turli ko'rinishdagi investitsiyalarni o'rganing. Bu moliyaviy savodxonlikni oshirish uchun muhim asos bo'lishi mumkin.

5.Soliq qaytimlari va davlat berayotgan imtiyozlardan foydalaning. Soliq qaytimlarini tibbiyot, sport, ta'lim va boshqa narsalar uchun qilingan xarajatlar evaziga olish mumkin. Ishoning, ehtimol, siz davlat nafaqalari va imtiyozlariga haqlisiz.

6.Kreditlarni ehtiyotkorlik bilan oling. Ortiqcha kredit olmaslikka, faqat juda zarurat bo'lganda ularga murojaat qilishga harakat qiling. Inqiroz taqdirida yuqori kredit yukiga ega qarzdor murakkab vaziyatga tushib qolishi mumkin. Bunga yo'l qo'ymagan va kreditlarni vaqtida qoplagan ma'qul.

7.Shaxsga doir ma'kumotlarni muhofaza qiling. Qanday saytlarda shaxsiy ma'lumotlaringizni, ayniqsa, karta ma'lumotlarini kiritayotganingizga ahamiyat bering. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan begonalarga kartaning orqa tomonidagi uchta raqam (CVC yoki CVV-kod)ni, parollar va bank ilovalaridagi kodlar, kodli so'z, PIN-kod yoki kartaning amal qilish muddatini aytmang. Umuman olganda, kartalarni hamyon yoki qalinroq idishda olib yurishga harakat qiling. CVC kod ko'rinmasa, hech qanday xavf yo'q, deb o'ylashingiz mumkin. Aslida esa ba'zi saytlar kartaning yuza tarafida aks etgan (karta raqami, amal qilish muddati va karta egasining ism-sharifi) ma'lumotlar yordamidagina to'lovni amalga oshirish imkonini beradi.

 

Manba: https://expobank.ru/blog/kak-povysit-finansovuyu-gramotnost-10-prostykh-pravil/

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.