Дождитесь окончания загрузки
Модальное окно "Дорогой друг, прими участие в опросе"
preview Orqaga

Axborot urushlari

09.08.2020 • 14:40

Pandemiya davrida biz ijtimoiy tarmoqlarda buni kim boshlagani, virusning tez tarqalishida kim aybdor, qaysi mamlakat insonparvarlik yordamini ko‘proq yoki kamroq ko‘rsatayotgani to‘g‘risidagi mavzularni borgan sari ko‘proq kuzatyapmiz. Buning barchasi ko‘proq holatda ana shu turdagi maqolalarni chiqarish bo‘yicha davlat buyurtmalarini oladigan turli mamlakatlar OAV tomonidan axborotni chiqarib yuborish natijasidir.

“Axborot urushi – raqib to‘g‘risida axborot to‘plash uchun axborot texnologiyalari, shuningdek kiberhujumlar, manipulyatsilar, tashviqot va boshqa kommunikatsion vositalar yordamida raqiblar to‘g‘risidagi salbiy obrazni yaratish yoki o‘zining g‘oyalarini majburan qabul qildirish uchun bir nechta taraflar o‘rtasida olib boriladigan kurash ” (Li, 2019).

Evolyutsiya jarayonida, insoniylik jamiyati axborotning faqatgina atrof muhitni bilish instrumenti sifatida emas, balki o‘zining qudratiga ko‘ra ba’zida barcha mavjud bo‘lgan qurollardan ustun turadigan hamma yoqni vayron etuvchi aql bovar qilmaydigan darajadagi ta’sirchan qurol sifatidagi ahamiyatini, qadrini va ta’sirchanligini borgan sari anglab yetgan.

E.a. XIII asrda Kichik Osiyoda yunon qabilalari o‘rtasida ta’sir qilish doirasini bo‘lib olish uchun olib borilgan troya urushlari vaqtidagi hal qiluvchi rolni o‘ynagan “troya oti” dezinformatsiyaga klassik misol bo‘la oladi. Spartaliklar tomonidan yuborilgan shaxsning e’tiroz etishiga ko‘ra Afina xudosi shaharga sovg‘a qilgan Troya oti tufayli spartaliklar Troyani zabt etishgan va uni batamom vayron qilishgan. ("Troya oti” jumlasi keyingi harbiy mag‘lubiyatini amalga oshirish maqsadida paqibni dezinformatsiya qilish bo‘yicha operatsiyani belgilash uchun razvedkachilarning kasbiy mataliga aylandi) (Suleymanova & Nazarova, 2017).

Masalan, o‘rta asrlarda taniqli harbiy lashkarboshi Chingizxon mug‘ul qo‘shinlarining sonini va vahshiyligini oshirib ko‘rsatadigan mish-mishlarni avvaldan tarqatib dezinformatsiya usullaridan mohirona foydalangan. Unda asosiy ob’ekt bo‘lib bevosita odam xizmat qilgan (Suleymanova & Nazarova, 2017).

Axborot urushiga shunga o‘xshash misol sifatida Vetnam urushini ko‘rsatish mumkin. Vetnam urushi vaqtida Shimoliy Vetnam hukumati amrika bombardimonlaridan ko‘rilgan zararni yashirish bo‘yicha choralarni amalga oshirgan. VDR dagi SSSR harbiy attashesi qoshidagi ilmiy-texnik guruhning mutaxassisi bo‘lmish Viktor Teplov ta’kidlaganidek: «Vetnamliklar aholiga va amerikaliklarga bombardirovkalar maqsadiga yetmayotganiga ishontirish uchun juda ko‘p kuch sarflashgan. Ularning rasmiy xabarlarida navbatdagi amerikaliklar hujumidan ko‘rilgan zarar sinchkovlik bilan aytib o‘tilardi: bitta buqa, uchta cho‘chqa, yettita tovuq, odamlar orasida qurbonlar yo‘q. Buning ustiga bu xabarlardagi hayonlar soni ham qat’iy cheklanib qo‘yilardi» (Jirnov, 2000).

XX asrda radio, kinematograf, ommaviy bosma kabi texnik yangiliklar faol qo‘llanilgan. Buyuk mamlakatlar odamlarning ruhiga, ularning ongiga va ong ostiga ta’sir qilish usullarini izchil o‘rgana boshladilar. (Suleymanova & Nazarova, 2017).


Hodisalar to‘g‘risidagi yolg‘on tasavvurni shakddantirish uchun maxsus algoritmlar va ijtimoiy tarmoqlardagi fiktiv qayd etish yozuvlari qo‘llaniladi. Masalan, kiberxavfsizlik bo‘yicha Kaliforniyaa agentligi bo‘lmish FireEye Lotin Amerikasi, Yaqin Sharq, Buyuk Britaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlariga qarshi qaratilgan ko‘p yillik dezinformatsion kompaniyani aniqladi. Ijtimoiy tarmoqlarda Eronlik foydalanuvchilarning 600 dan ortiq qad etish yozuvlari yaratilgan edi va ular orqali global ko‘lamda dezinformatsiya amalga oshirilgan. 2018 yilda FireEye bu axborotni Facebook bilan o‘rtoqlashdi, natijada “muvofiqlashtirilgan autentik bo‘lmagan xulq-atvor” 625 ta fiktiv qayd etish yozuvi o‘chirib tashlangan. (NDI, 2018). Ijtimoiy tarmoqlar nisbatan arzo narxi va katta auditoriyaga axborotni yetkazishning yuqori tezligi tufayli oqibatlarni og‘irlashtiradi. Bu jarayonga ko‘pincha avtomatlashtirilgan tizimlar yordam beradi, masalan foydalanuvchilarning demografiyasi va shaxsiy afzalliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanib ularning materiallarini ilgari suradigan botlar.

Bugungi kunda, ijtimoiy fikrni shakllantirish uchun ochiqdan-ochiq kirib borish, shu jumladan OAV, yangi medialar va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamiyatning turli sohalarida oldingan buzilgan va chalg‘itadigan faktlar, argumentlar va boshqa ma’lumotlar qo‘llaniladi.

Masalan, ayni vaqtda bunday urush AQSh bilan Xitoy hamda AQSh bilan Rossiya o‘rtasida olib borilmoqda. Tushunarliki, «raqiblar» ning birinchi juftligi qim haq kim nohaqligini aniqlashga harakat qilishadi – AQSh hukumati eng oliy darajada Xitoyni infeksiyaning tarqalishini tizginlab turishga qodir emasligida, axborotni jinoyatkorona yashirishda, o‘z vaqtida javob qilmaslikda ayblamoqda. O‘z navbatida g‘arb nashriyotlari Rossiya koronavirusdan ko‘rilayotgan o‘lim holatlari statistikasini qasddan pasaytirib ko‘rsatishida ayblamoqda. Rossiya hukumati bu xabortni ob’ektiv emas deb hisoblaydi va rad qilishni talab qilishmoqda. (Mekisheva, 2020).

Markaziy Osiyo OAV bu hodisalarni yoritib borishmoqda, biroq ularning ko‘pchiligi kimningdir tarafini olishni tavakkal qilishmayapti. Biroq bu maqolalarga berilgan izohlarda yaqinda ko‘rilgan feyklar, mish-mishlar va uydirmalar bilan mustahkamlangan tortishuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

(moZbi karleyf)

Foydalanilgan manbalar:
Жирнов, Е. (2000). Вьетнамские товарищи нас просто замучили. Коммерсантъ Власть, (9), 52.
NDI. (2018). Защита достоверности информации и корректной политической дискуссии. URL: https://www.ndi.org/sites/default/files/Russian%20Supporting%20Information%20Integrity.pdf
Ли, В. (2019, 7 aprel). Словарь фактчекера. URL: 24 iyul 2020 y., Factcheck.kz website: https://factcheck.kz/glavnoe/slovar-faktchekera/
Мекишева, А. (2020, 25 mart). Пропаганда и COVID-19: США, Китай, Россия. 24 iyul 2020 y., Factcheck.kz URL: https://factcheck.kz/health/propaganda-i-covid-19-ssha-kitaj-rossiya/
Сулейманова Ш.С., Назарова Е.А., Информационные войны: история и современность: Учебное пособие. – М.: Международный издательский центр «Этносоциум», 2017. 124 b.

Material Yevropa Ittifoqi ko‘magida BRYCA loyihasi doirasida Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qozog‘iston ijtimoiy tarmoqlarining monitoringi natijalari asosida tayyorlandi.
 

Ushbu axborot-ma'rifiy platforma Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi yoshlari uchun mo‘ljallangan.

Platforma sherik-davlatlar qonunchiligi talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Platformada ishlatilgan barcha misollar faqat ta'lim maqsadida keltirilgan va hech qanday noqonuniy niyatlarni ko‘zlamaydi. Platformadan foydalangan holda siz uni tushunganingizni va yuqorida ko‘rsatilgan maqsad va vazifalarga roziligingizni tasdiqlaysiz.